Линклар

Шошилинч хабар
29 сентябр 2020, Тошкент вақти: 05:56

Fermer o‘zi bilan shartnoma qilgan dehqonning 17 gektar sabzisini haydab tashladi (VIDEO)


Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Hosilot hosil” fermer xo‘jaligi rahbari dehqonga ijaraga bergan yeridagi yetilgan 17 gektar sabzini shudgor qilib tashladi.

Ijarachi dehqon bu yerning har gektarini o‘tgan yilning avgustida 14 million so‘mdan fermerdan ijaraga olganini aytar ekan, fermer hosilni terib olish uchun so‘ralgan besh kun berishga rozi bo‘lmaganini ta’kidlaydi.

Sabzi ekilgan “Guliston” hududi rahbari, dehqon yerni bo‘shatmagani oqibatida yerni paxtaga tayyorlash kechikkani sabab, haydab tashlanganini aytdi.

Fermer xo‘jaligi rahbari Ozodlik savollariga javob berishdan bosh tortdi.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashaydigan 43 yashar Odiljon Rohataliyevning aytishicha, u 2019 yilning avgust oyida “Hosilot hosil” fermer xo‘jaligi rahbaridan 20 gektar yerni og‘zaki shartnoma asosida ijaraga olgan:

Yolvorib so‘rasam ham ag‘dartirib tashladi.


- Men bankdan uyimni garovga qo‘yib 280 million so‘m qarz olib, dehqonchilik qilganman. Men fermerga, ob-havo yog‘ingarchilik, yomg‘ir-qor yog‘ib yotibdi, yer loy, besh-o‘n kun sabr qil, paxtang kechiksa o‘zim shudgor qilib, o‘zim ektirib beraman deb yolvorib so‘rasam ham¸ 28 yanvar kuni 7 gektarini, kuni kecha esa 10 gektarini ag‘dartirib tashladi.

Деҳқоннинг ҳайдаб ташланган сабзи даласи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Fermerning aytishicha,u yollanma ishchilarni shiyponga olib kelib, yerning yetilishini kutib turgan:

- Ko‘zini oldida qirqta odamni shiyponga yotqizib, ularga ikki mahal issiq ovqat qilib qo‘yganman. Yerga kirib bo‘lmaydi, hammasini ko‘rib turibdi, besh kun vaqt bermadi. Shuncha qilgan mehnatim uvol bo‘ldi. Taxminan 500-600 tonna sabzi tuproq ostida qoldi.

Fermer tumanning “Guliston” hududi rahbari Ruslan Ibrayev 28 yanvar kuni unga sabzini yig‘ishtirib olish uchun 15 fevralgacha muhlat bergani, lekin o‘sha kunning o‘zida 3 gektarini haydattirib tashlaganini qo‘shimcha qildi:

Nahot shuncha sabzini uvol qilishga ularning vijdoni yo'l qo'ydi?


- Shuncha mehnat, shuncha xarajat. Bank uyimni bo‘shatib qo‘yishni talab qilayapti, har kuni o‘nlab ishchi qari onamning oldiga borib, ish haqlarini berishimni talab qilayapti. Ularga ish haqini sabzini sotib berishimni aytgan edim. Nahotki besh-o‘n kun sabr qilishning imkoni yo‘q edi, nahot shuncha sabzini uvol qilishga ularning vijdoni yo‘l qo‘ydi?

Odiljon Rohataliyevga ko‘ra, sabzi uzishni 11 yanvarda boshlagan, lekin yog‘ingarchilik sababli vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘lgan.

Деҳқоннинг сабзи даласи
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

“Hosilot hosil” fermer xo‘jaligining rahbari Laziz Abdulazizov Ozodlik savollariga javob berishdan bosh tortib, aloqani uzib qo‘ydi.

“Guliston” hududi rahbari Ruslan Ibrayev ijarachi shartnoma qoidasiga amal qilmagani uchun sabzi haydab tashlanganini aytdi:

Bu odamga rosa ol, ol, deb aytdik, lekin orqaga surib yuraverdi.


- Biz u yigitga oktabr oyigacha yerni bergan edik. Noyabrda ham bo‘shatmadi, dekabrda ham. Hamma juda nari borsa dekabrgacha yig‘ishtirib oladi hosilini, lekin bu odam yanvarda ham sabzisini olmadi. Bu paxta ekiladigan yer. U kuzda haydalishi, qishda bir sovuq yeyishi kerak. Bo‘lmasa yer xamirga o‘xshab berch bo‘lib qoladi. Bu odamga rosa ol, ol, deb aytdik, lekin orqaga surib yuraverdi. Keyin yanvarning oxirida haydab tashlashga majbur bo‘ldik.

O‘zbekistonda dehqon va fermerlarning yetilgan ekinlarini buzib tashlash holatlari kuzatiladi.

Jumladan, 2019 yilning may oyida Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidagi sobiq ''Baxtibek Isoqov” fermer xo‘jaligining hokimlik bilan shartnoma asosida ekilgan 2 gektar maydondagi karam, piyoz va sabzisi 27 mart kuni buzib tashlangan edi.

Namanganda joriy yilning aprel oyida paxtani ko‘paytirish maqsadida yuzlab gektar poliz ekinlari va sabzavot buzib tashlangan edi.

2017 yilning aprelida esa, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tomorqaga kungaboqar ekkan ikki fermerning yeri haydab tashlandi.

XS
SM
MD
LG