Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:34

O‘zbekistonning “buzuq” oliy ta’lim tizimini prezident tuzata oladimi?


O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlisga joriy yilning 24 yanvarida qilgan murojaatida oliy ta’lim tizimini jiddiy tanqid ostiga oldi.

O‘z chiqishida oliy ta’lim muassasalarining nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘ringa ega emasligi qayd qilgan prezident¸ bu sohaning “tubdan isloh” qilinishi kerakligini urg‘uladi.

Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida “buzuq” oliy ta’lim tizimini prezident tuzata oladimi? degan savol muhokama qilindi.

Davra suhbatida Turkiyadagi Ardaxan universiteti professori Botir Matyoqubov¸ Chexiyadagi Bohemiya universtiteti o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori Xolnazar Omonov¸ Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov ishtirok etdi.

Shuningdek eshittirishda jurnalist va huquq faoli Abdurahmon Tashanov oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya ko‘lami haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Ўзбекистоннинг “бузуқ” олий таълим тизимини президент тузата оладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:47:47 0:00
Бевосита линк


Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib o‘rta ta’limni bitirgan abiturientlarning 50 foizi oliy o‘quv yurtlariga kirishi ta’minlanishi kerak.

"Qurultoy" ishtirokchilari nazarida o‘rta ta’limni bitirgan abiturientlar aksarining oliy o‘quv yurtiga kiritishga intilishi “ijobiy natija bermaydi”.

Shuningdek¸ "Qurultoy" qatnashchilari oliy ta’lim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qilishdi.

Abdurahmon Tashanovga ko‘ra¸ oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, ularni attestatsiyadan o‘tkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi.

"Qurultoy"da bildirilgan mulohazalar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG