Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:28

Toshkent yo‘llaridan reklama bannerlari olib tashlanmoqda. Reklama agentligi keskin norozilik bildirmoqda (VIDEO)


O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasining Ozodlik suhbatlashgan rahbar xodimlaridan biri bannerlarning olib tashlanishini "qonunga xilof xatti harakat" deb atadi. 
O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasining Ozodlik suhbatlashgan rahbar xodimlaridan biri bannerlarning olib tashlanishini "qonunga xilof xatti harakat" deb atadi. 

So‘nggi bir hafta ichi Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li va Toshkent-Samarqand yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan o‘nlab reklama banneri demontaj qilindi va bo‘laklarga bo‘linib olib ketildi.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi vakilining Ozodlikka aytishicha, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi brigadalari yo‘l chetiga o‘rnatilgan qirqdan ortiq reklama bannerini sud qarorisiz, hech qanday hujjat taqdim qilmagan holda buzib tashlagan.

O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati yo‘l chetiga o‘rnatilgan bannerlar nega olib tashlanayotgani haqidagi Ozodlik savolini javobsiz qoldirdi.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasining Ozodlik suhbatlashgan rahbar xodimlaridan biri bannerlarning olib tashlanishini "qonunga xilof hatti-harakat" deb atadi.

- "O‘zavtoyo‘l" brigadasi xodimlari hech narsani eshitmaydi. "Tepadan buyruq bo‘lgan yechishga, shunga yechayapmiz", deydi. "O‘zavtoyo‘l"dan sababini so‘rasak aytishmaydi. Bu yerda qonunchilikni, tadbirkorlik huquklarining buzilishi bo‘layapti, - deydi uyushmaning ismi ochiqlanmasligini so‘ragan rahbar xodimi.

Toshkentning Samarqand yo‘lidagi o‘nlab bannerlar olib tashlangan.
Toshkentning Samarqand yo‘lidagi o‘nlab bannerlar olib tashlangan.

Reklama bannerlari o‘rnatilgan yo‘llar chetidagi hudud O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga qarashli.

Ushbu qo‘mita O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4545 sonli qarori bilan O‘zbekiston Transport vazirligi qoshida tashkil etilgan edi.

Shu qarorning 6-bandida “umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama ob’ektlari (konstruksiyalari) Qo‘mita ruxsati asosida quriladi”, deb aytilgan.

Тошкент-Самарқанд йўлидаги баннерлар олиб ташланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:14 0:00

Ozodlik reklama bannerlarining nega olib tashlanayotganiga izoh berishni so‘rab¸ Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Komiljon Shamsiddinovga bog‘landi.

Javobni bir soatdan keyin bildirishni aytgan Shamsiddinov bilan kun davomida qayta bog‘lanib bo‘lmadi.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi xodimi barcha reklama bannerlari Toshkent shahar hokimiyati ruxsati bilan o‘rnatilganini aytdi:

- Bizda shu reklama konstruksiyasining kadastri bor. Hokimiyatga to‘lagan pullar kvitansiyasi bor. Hokimiyatdan ruxsatnomalar bor. Bular bir kunda kelib, reklama banneri konstruksiyasini hech qanday hujjatlarni taqdim qilmagan holda olib ketmoqda, - deydi uyushma xodimi.

Aytilishicha¸ O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasining Toshkent ko‘chalarida 3000 dan ziyod reklama banneri bor.

Agentlik xodimi qirqdan ziyod bannerning olinishi ularga kuniga 1 milliard so‘m zarar keltirayotganini aytadi.

- Bannerlar konstruksiyasining o‘zi 25 million so‘m turadi. 3X6 metrlik bannerlarni o‘rnatishga "O‘zavtoyo‘l"dan olgan ruxsatnomalarimiz bor. Bu konstruksiyalarni ular bizga bermasdan¸ temir-tersakka topshirishayapti. Reklamadatellar har bir banner uchun oyiga 700 ming so‘m to‘laydi. Har bir kvadratidan oyiga hokimiyatga pul to‘lanadi. Hozirgi vaqtda bannerlarning olib tashlangani bizga kuniga qariyb bir milliard so‘mlik zarar keltirayapti. O‘z navbatida¸ bu hokimiyatga, soliqqa to‘lanadigan pulga ham ta’sir qiladi, - deydi O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi xodimi.

Toshkent ko‘chalaridagi sotsial reklamalar.
Toshkent ko‘chalaridagi sotsial reklamalar.

O‘zbekiston Reklama agentliklari uyushmasi bannerlari olib tashlanganiga norozilik sifatida Toshkent ko‘chalarida "Har bir reklama vositasi xususiy mulkdir, "O‘zavtoyo‘l", tadbirkorlarga xalaqit qilmang!" deb yozilgan sotsial reklamalarni o‘rnatdi.

Agentlik vakili Ozodlik bilan suhbatda¸ "O‘zavtoyo‘l"ning bu hatti-harakati yuzasidan O‘zbekiston prezidenti huzurida tashkil etilgan Tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvchi biznes-ombudsmanga shikoyat qilajagini bildirdi.​

XS
SM
MD
LG