Линклар

Шошилинч хабар
27 октябр 2020, Тошкент вақти: 17:16

Surxondaryoda buzilishdan norozi aholi uylarini bolta, belkurak bilan himoya qildi, jarohatlanganlar bor (VIDEO)


Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati mahalla aholisi huquq-tartibot idoralari xodimlariga  tayoq, bolta, belkurak va tosh bilan hujum qilgani va oqibatda ikki nafar xodimi yaralanganini ma’lum qildi.

Surxondaryoning Oltinsoy tumanida uylari buzilishidan norozi bo‘lgan aholi va IIB xodamlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi.

Voqea 14 fevral kuni Oltinsoyning "Xalqobod" mahallasida ro‘y berdi.

Aholi vakillari uylari buzilishi haqida ogohlantirgani kelgan tuman hokimligi va IIB xodimlari ularga kuch ishlatganini aytmoqda.

Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati esa mahalla aholisi huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayoq, bolta, belkurak va tosh bilan hujum qilgani va oqibatda ikki nafar xodimi yaralanganini ma’lum qildi.

Сурхондарёда бузилишдан норози аҳоли уйларини болта, белкурак билан ҳимоя қилди, жароҳатланганлар бор
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:47 0:00

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 14 fevral kuni ertalab Oltinsoy tumani hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat guruh "Xalqaobod" mahallasiga kelgan, aholini noqonuniy uy-joylar buzilishi haqida ogohlantirgan.

Bundan aholi g‘azabga kelgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Shundan keyin odamlar stixiyali ravishda xo‘jalik hududiga yig‘ila boshlagan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video tasvirlarda aholi vakillari IIB xodimlari ularga kuch qo‘llaganini aytishadi.

Surxondaryo Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, mahalliy aholini tinchlantirish payti militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatilgan, ayrim odamlar tayoq, bolta va belkurak bilan tashlangan.

"Surxondaryo viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Oltinsoy filiali mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oltinsoy tuman hokimining 2019 yil 6 dekabr kunidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash uchun manzilga chiqib, mahalliy fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borayotgan vaqtlarida, ayrim fuqarolar qo‘llariga turli buyumlar (tayoq, bolta, toshlar, bel kurak va boshqa) bilan ishchi guruh vakillariga tajovuz qilganliklari oqibatida o‘rtada janjal kelib chiqqan", deyiladi IIB bildiruvida.

14 fevral soat 16:00 atrofida voqea joyiga maxsus militsiya otryadi yetib kelgan, aholidan uylariga tarqashni talab qilgan.

Surxondaryo Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, to‘qnashuvda ikki nafar militsiya xodimi yaralangan.

"Huquqbuzarlarning tajovuzlari natijasida IIB xodimi safdor Sh.Mustofoqulovga “Bosh miyaning yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, boshning peshona o‘ng qosh usti, o‘ng yon tomoni ezilgan, yirtilgan jaroxatlari, o‘ng ko‘z qavog‘i yumshoq to‘qimalarning ezilishi va gematomasi, burnining o‘ng tomoni yuz sohasidagi yirtilgan jaroxat”, shuningdek profilaktika inspektori yordamchisi A.Jabborovga “Chap yelka o‘mrov akramiyal bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimalarining ezilishi” kabi tan jarohatlari yetkazilgan", - deyiladi rasmiy bildiruvda.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlari olib bormoqda.

Kamida olti odam hibsga olingan.

O‘zbekistonda uylar buzilishi bilan bog‘liq noroziliklar bundan oldin ham bo‘lgan.


O‘tgan yil iyul oyida Urganch shahrida uylari buzilgan yuzlab odam yo‘llarni to‘sib norozilik bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG