Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:34

Qozog‘istondagi namoyishlarda o‘nlab kishi hibsga olindi (VIDEO)


Ostona va Qozog‘istonning boshqa yirik shaharlaridagi 22 fevral kungi norozilik namoyishlarini esa "Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakati uyushtirgan.
Ostona va Qozog‘istonning boshqa yirik shaharlaridagi 22 fevral kungi norozilik namoyishlarini esa "Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakati uyushtirgan.

Qozog‘istonning Ostona, Olmaota va boshqa yirik shaharlarida 22 fevral kuni politsiya norozilik namoyishlarini to‘xtatish maqsadida o‘nlab kishini hibsga oldi.

Bir kun avval "Demokratik partiya" yetakchisi Jonbo‘lat Mamay odamlarni ruxsatsiz namoyishga da’vat etganlikda ayblanib, uch kunga qamalgandi.

Buning ortidan "Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakatining xorijda yashovchi rahbari Muxtor Ablyazov o‘z tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirgan edi.

Ozodlik radiosi qozoq hizmati muxbiri Saniya To‘ykenning xabar berishicha, Ostona, Olmaota va Qozog‘istonning boshqa yirik shaharlarida 22 fevral kuni 130dan ziyod kishi hibsga olingan.

Ostona markazidagi "Jastar" saroyini xavfsizlik kuchlari o‘rab olgan.

Ostona va Olmaota shaharlari markazlarida mobil internetga ulanib bo‘lmayapti.

Olmaota shahrida bo‘lib turgan germaniyalik jurnalist Edda Shlagger ham shahar markazi Internetdan uzib qo‘yilgani haqida o‘z Tvitter sahifasida yozdi.

Mahalliy operator esa germaniyalik jurnalist so‘roviga Qozog‘istonning vakolatli organlari aholi xavfsizligini o‘ylab aksilterror tadbirlari o‘tkazayotgani sabab Internet o‘chirilganini ma’lum qilgan.

Keyinchalik operator bu javobini Tvitterdan o‘chirib tashlagan.

Hibslar

22 fevral kunning birinchi yarmida Olmaotada politsiya shahar markaziga yig‘ilgan "Demokratik partiya" tuzish tarafdorlari bo‘lgan o‘nlab faolni hibsga oldi.

Ular o‘z yetakchilari Jonbo‘lat Mamayni qamoqdan ozod etishni talab qilib chiqishgandi.

22 fevral kuni hibsga olinganlar orasida Jonbo‘lat Mamayning rafiqasi Inga Imambay ham bor.

"Demokratik partiya" yetakchisi Mamay shanba kuni odamlarni ruxsatsiz namoyishga da’vat etganlikda ayblanib, uch kunga qamoqqa olingandi.

Buning ortidan "Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakatining 11 yildan buyon xorijda yashayotgan rahbari Muxtor Ablyazov tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirdi.

"Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakati Qozog‘istonda 2018 yildan taqiqlab qo‘yilgan. Poytaxt mahkamasi harakatni "ekstremist" tashkilot deb e’lon qilgan.

Yevropa parlamenti esa "Qozog‘iston demokratik tanlovi" harakatini tinch muxolif harakat, deya e’tirof etgan.

XS
SM
MD
LG