Линклар

Шошилинч хабар
27 сентябр 2020, Тошкент вақти: 21:53

Davlatga "$261 mln. zarar yetkazgan" "Qazatom" sobiq rahbari muddatidan avval shartli ozod qilindi


«Kazatomprom» kompaniyasining sobiq rahbari Muxtor Jakishev.

3 martda Qozog‘istonning Semey shahar sudi 2009 yildan beri korrupsiya aybi bilan 14 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan «Kazatomprom» kompaniyasining sobiq rahbari Muxtor Jakishevning muddatidan avval ozod qilish haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirdi. Huquq himoyachilari va tarafdorlari Jakishevning qamalishi ortida siyosiy motivlar borligini aytib keladi.

Sud da’voni uchinchi marta berilishida qanoatlantirdi. Muxtor Jakishevning shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etishni so‘rab avval yozgan ikkita arizasi rad etilgan edi. Sud har ikki rad javobini Jakishev 996 milliard tangaga (261 million dollar) teng “ziyonni qoplamagani” bilan izohlagan.

Bugun sudda hozir bo‘lgan Jakishevning o‘nlab tarafdorlari qarorni xursandchilik bilan kutib olishdi. Qaror hozircha qonuniy kuchga kirmadi. Jakishevning 15 kundan keyin, agar shu vaqt ichida prokuror apellyatsiya noroziligini kiritmasa, ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

Jakishevning advokati Nurlan Beysekeyev da’voni qo‘llab-quvvatlashga oid asoslarni qayd etar ekan, uning himoyasidagi bugungi kungacha jazo muddatining deyarli yarmini kamera turidagi sharoitda – milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov izolyatorida va IIVning jinoiy ijro tizimi qo‘mitasining vaqtincha izolyatorida ushlab turilganini aytdi.

«2020 yilning 3 martigacha Jakishev 10 yilu, 9 oy, 18 kun ozodlikdan mahrum etish joyida bo‘lib, bu vaqtning 5 yil, 1 oy va 4 kunini MXQ va IIV ning jazoni ijro etish qo‘mitasi Tergov izolyatorida kamera sharoitida, qolgan 4 yil, 1 oy, 15 kunini Ostona shahridagi milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov izolyatorida o‘tkazdi, — deydi Beysekeyev sudda so‘zga chiqar ekan. Advokatning qo‘shimcha qilishicha, himoyasidagi shaxsning sog‘ligi “u qamoqda o‘tirgan paytda tegishli tibbiy davolash xizmati ko‘rsatilmaganidan ” dalolat beradi.

Sudda ishtirok etgan prokuror suddan da’vo arizani rad etishni so‘radi. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha “sud qarori asosida pul undirilmagani”, shuningdek, tibbiy xulosada keltirilgan “kasallik mahbusni jazoni o‘tashdan ozod qilishga imkon beradigan kasalliklar ro‘yhatiga kirmasligi” da’voni rad etishga asos bo‘ladi.

Prokurorning chiqishidan keyin ishni ko‘rayotgan sudya Janat Abenova qaror chiqarish maqsadida sud maslahatlashuv xonasiga kirishini e’lon qildi. Abenova qarorni bir necha daqiqadan keyin o‘qib eshittirdi.

Huquq himoyachilari oxirgi bir necha yil davomida, ularning ma’lumotiga ko‘ra, Muxtor Jakishevning salomatligi yomonlashgani haqida gapirmoqdalar. 2018 yilning mayida Jakishevga nogironlik guruhi berildi.

Semey shahridagi OV-156/14 koloniyasida saqlayotgan Muxtor Jakishevning o‘zini sudga keltirishmadi. U sud ishida videokonferens-aloqa orqali ishtirok etdi.

Uning bu da’vosini sud norozilik aksiyasi ishtirokchisi, poytaxt yaqinidagi uyidan olib ketilganidan bir kun ham o‘tmay qamoqda sirli ravishda halok bo‘lgan faol Dulat Agadil o‘limi tekshirilishini talab qilayotgan shahardagi norozilik chiqishlari manzarasida ko‘rib chiqdi.

O‘tgan yili Qozog‘iston shaharlarida Muxtor Jakishevni dastaklagan norozilik chiqishlari yuz bergan bo‘lib, uning ishtirokchilari rasmiylarni milliy kompaniyaning sobiq rahbarini ozod qilish va boshqa odamlarni siyosiy mahbuslar ro‘yxatidan chiqarishga chaqirdilar.

Qozog‘istondagi qator inson huquqlari tashkilotlari Muxtor Jakishev siyosat bilan shug‘ullanmagan bo‘lsada, 2013 yili uni siyosiy mahbus deb tan olishgan edi. Jakishev, huquq himoyachilariga ko‘ra, 2009 yildan beri xorijda istiqomat qilayotgan qozoq rasmiylarining ashaddiy tanqidchisi Muxtor Ablyazov bilan azaliy do‘stligi tufayli ta’qibga uchragan.

Xalqaro tashkilotlar bir necha bor Qozog‘istonni Jakishevni ozod qilishga chaqirishgan. 2015 yili inson huquqlari bo‘yicha BMT qo‘mitasi hukmni bekor qilish zarurligini va Jakishevga adolatli ochiq sud huquqi ta’minlanmaganligi haqida bayonot bergan.

XS
SM
MD
LG