Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:10

O‘zbekiston “Firibgaristonga” aylandimi?


Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishida qatnashganlar "O‘zbekiston “firibgaristonga” aylanmasligi uchun nima qilmoq kerak?" degan savol javobini izladi. Bu savol kun tartibiga bejiz chiqqani yo‘q: chinozlik Ahmadboy piramidasi paydo bo‘lganidan beri xalq pulini turli yo‘llar, turfa usullar bilan o‘zlashtirayotganlar ko‘paydi.

Фирибгарлкик ҳақида Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:38:16 0:00
Бевосита линк


4 martdan “Amilee bahora” xususiy bandlik agentligi litsenziyasi boshlab bekor qilindi. O‘tgan oy oxirida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatdagi barcha xususiy bandlik agentliklarini yopib tashlash fikrini ilgari surgan edi.

Bundan tashqari, shu kunlarda odamlarga tuyaqush¸ avtomobil¸ timsoh bolasi keltirib beraman, deb aldab, pulini olgan shirkatlar ustidan sud davom etmoqda.

2 mart kuni firibgarlardan jabr ko‘rganlar yuzasidan Interpol milliy markaziy byurosida o‘tkaziligan matbuot anjumanida «Avto 60 oy» bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha qariyb 17 ming kishi so‘roq qilingani aytildi.

Majlisda aytilishicha¸ o‘nlab shirkatlar firibgarligidan zarar ko‘rganlar soni yuz minglarni tashkil qiladi.

"Qurultoy" eshittirishida qatnashgan huquqshunos Inomjon Boltayev¸ huquqiy nigilizm va jinoyatlarning to‘g‘ri malakalanmagani bois ko‘p odamlar jabr ko‘rayotganiga to‘xtaldi.

Iqtisodchi Mirsaid Haydarov esa¸ iqtisodiy erkinlik va maksimum shaffoflik sharoitida firibgarlik yo‘qolajagini tushuntirib berdi.

Avvaliga O‘zbekistonda¸ shu kunlarda AQShda muvaffaqiyatli tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Sanjar Umarov bu sohada “taqiq va cheklov” samara bermasligini urg‘uladi.

Shuningdek, eshitirishda firibgarlikda ayblanib ishi sudga oshgan tadbirkorlarning qarindoshlari va ulardan jabr ko‘rganlar ham qatnashdi.

XS
SM
MD
LG