Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:51

Cotton Campaign: O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinganini olqishlaymiz, lekin..


G‘arb davlatlaridagi huquq himoyachilari¸ biznes va investitsiya guruhlaridan tuzilgan Cotton Campaign koalitsiyasi 2010 yili bolalar va majburiy mehnat evaziga terilgan o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan.
G‘arb davlatlaridagi huquq himoyachilari¸ biznes va investitsiya guruhlaridan tuzilgan Cotton Campaign koalitsiyasi 2010 yili bolalar va majburiy mehnat evaziga terilgan o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan.

Tarkibida bir qancha inson huquqlari tashkilotlari va yirik kiyim-kechak brendlarini birlashtirgan Cotton Campaign koyalitsiyasi O‘zbekistonda 2020 yil hosilidan boshlab paxtaga nisbatan davlat buyurtmasi bekor qilinganini olqishladi.

Cotton Campaign delegatsiyasi tarkibida o‘tgan oy O‘zbekistonda bo‘lgan O‘zbekiston-Germaniya forumi inson huquqlari tashkiloti xodimi Linn Shvayzfurz 7 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda paxta yetishtirishda davlat yakka hokimligini tugatish O‘zbekiston hukumati oldiga ular qo‘ygan yo‘l xaritasi bo‘yicha talablardan biri ekanini aytdi.

Shvayzfurzning ta’kidlashicha, paxtaga davlat kvotasini bekor qilish taklifidan asosiy maqsad paxta sanoatidagi majburiy mehnatni tugatish bo‘lgan.

Lekin koalitsiya "Prezident qarorining amaldagi ijrosi qanday bo‘ladi? Bu o‘zgarishlar fermer va dehqonlarga qanchalik erkinlik olib keladi?" degan savollarga javob topish maqsadida prezident qarori ijrosini yaqindan kuzatib boradi.

6 mart kuni Review.uz nashri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorni qabul qilgani haqda xabar qilgandi.

Qarorga ko‘ra, "O‘zpaxtasanoat" aksionerlik jamiyati tugatiladi, 2020 yil hosilidan boshlab O‘zbekistonda davlat tomonidan paxta xom ashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti bekor qilinadi, paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi.

O‘zbekiston-Germaniya forumi inson huquqlari tashkiloti xodimi Linn Shvayzfurz:

- Biz bu o‘zgarishlarni olqishlaymiz. O‘zbekiston- Germaniya forumi, qolaversa Cotton Campaign aynan shuni qilishni yillardan beri o‘zbek hukumatidan talab qilib kelayotgandi. Chunki paxta sanoatida davlat kvotasi yillardan beri majburiy mehnat xamrturishi bo‘lib kelgan. Lekin qarorning bajarilishi qanday bo‘ladi, bu o‘zgarishlar fermer va dehqonlarga qanchalik erkinlik olib keladi, biz buni kuzatishda davom etamiz. Shu paytgacha davlatga tobe bo‘lgan dehqonlar endi klasterlarga tobe bo‘lib qolmaydimi, degan xavotirlar ham bor. Bu o‘zgarishlar amalda qanday bo‘ladi, ko‘ramiz, - dedi Linn Shvayzfurz.

Cotton Campaign mehnat va inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, investor va biznes-tashkilotlarining xalqaro koalitsiyasi bo‘lib, maqsadi paxta yetishtirishda bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Koalitsiya majburiy mehnat mahsuli deb ko‘riladigan o‘zbek paxtasi mahsulotlarining jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori sanaladi.

O‘zbekiston-Germaniya forumi vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni tugatish borasida sezilarli ishlar qilgan bo‘lsa-da, uni tugata olmagani uchun o‘zbek paxtasiga bo‘lgan yuzdan ortiq shirkatning boykoti o‘z kuchida qolmoqda.

- O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatni tugatish urinishlari tahsinga sazovor, lekin bu borada barqaror natijaga erishish uchun jurnalistlar va inson huquqlari faollarining bu boradagi izlanishlariga to‘sqinlik qilinmasligi kerak, - dedi Linn Shvayzfurz.

G‘arb davlatlaridagi huquq himoyachilari¸ biznes va investitsiya guruhlaridan tuzilgan Cotton Campaign koalitsiyasi 2010 yili bolalar va majburiy mehnat evaziga terilgan o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan va bu boykotga umumiy kapitali 1 trillion dollarga teng bo‘lgan Nike, Zara, GAP, C&A, Levi's, H&M, UNIQLO kabi yetakchi kiyim-kechak va to‘qimachilik shirkatlari qo‘shilgan edi.

​O‘zbekistonda byudjet tashkilotlari xodimlarining ixtiyoriga zid ravishda 2019 yilda ham paxtaga majburlangani haqida Ozodlik xabar bergan.

XS
SM
MD
LG