Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 15:13

“Jasliq”ning 11,5 yillik tutquni tuzgan tashkilotni Adliya ro‘yxatga oldi. Tashkilot rahbari bilan suhbat (AUDIO)


"Huquqiy tayanch" tashkiloti ta’sischilari. A’zam Farmonov (o‘rtada) Adliya vazirligi guvohnomasini ushlab turibdi. Toshkent shahri, 2020, 11 mart.

11,5 yillik qamoq jazosidan 2017 yilning 3 oktabrida ozodlikka chiqqan inson huquqlari himoyachisi A’zam Farmonov yetakchiligidagi “Huquqiy tayanch” jamoatchilik tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 9 martda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Tegishli guvohnomani 11 martda qo‘liga olgan tashkilot rahbari A’zam Farmonov 2006 yilning 29 aprelida tovlamachilikda ayblanib, 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2016 yilning mayida u qamoqxona ichki tartibini buzganlikda ayblanib, jazo muddatiga 5 yilu 26 kun muddat qo‘shib berilgan edi.

Ko‘plab xalqaro inson huquqlari guruhlari A’zam Farmonovning ozodlikdan shubhali ayblovlar asosida mahrum etilganiga alohida ahamiyat berib kelgan.

2013 yili BMT Qiynoqlarga qarshi komissiyasi ham Farmonovni ozod etishga chaqirgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, A’zam Farmonov ozodlikka chiqqanidan ko‘p o‘tmay yana qamoqqacha bo‘lgan faoliyati bilan shug‘ullanishni niyat qilib, o‘z maslakdoshlari bilan tashkilot tuzish taraddudiga tushgan va ikki yillik urinishlardan so‘ng uning tashkilotini Adliya vazirligi rasmiy qayddan o‘tkazdi.

Shu munosabat bilan Ozodlik bir necha savol bilan A’zam Farmonovga murojaat qildi.

Quyida “Huquqiy tayanch” jamoatchilik tashkiloti rahbari bilan suhbatni tinglang:

"Ҳуқуқий таянч" ташкилоти раҳбари Аъзам Фармонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:45 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG