Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:29

Keniyada brakonyerlar nodir oq jirafalarni o‘ldirdi


Keniyaning nodir oq jirafasi.
Keniyaning nodir oq jirafasi.

Keniyaning yagona oq jirafasi va uning bolasini brakonyerlar o‘ldirdi. Bu haqda seshanba kuni xabar qilindi.

Oq jirafalar Keniyadan boshqa hech qaerda uchramaydi.

Ishaqbini Hirola qo‘riqlash jamiyati jirafalarning jasadi Keniya sharqida topilganini, ularni ovchilar o‘qotar qurol bilgan o‘ldirganini ma’lum qildi.

Ushbu ikki jirafa o‘limi ortidan dunyoda faqat bitta oq jirafa qoldi. U erkak jirafa bo‘lib, o‘ldirilgan jirafaning bolasidir.

Ishaqbini Hirola jamiyati yetakchisi Muhammad Ahmadnur:

- Biz oq jirafalarni himoya qilish uchun kurashib kelayotgan yagona guruhmiz, - dedi.

Oq jirafa ilk marotaba 2017 yilda Ishaqbini Hirola bildiruvi ortidan jahon bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otgan edi. Ona jirafa oxirgi marta o‘tgan yilning avgustida bolalagan bo‘lgan.

Ushbu jirafalarning rangi oq bo‘lishi sababi albinizm emas, balki oz uchraydigan leysizm holatidir.

Ahmadnur jirafalarning o‘ldirilgani qayg‘uli holat ekanligini hamda tadqiqotchilar va Keniyaning olis burchagida faoliyat yurituvchi turizm shirkatlari uchun katta yo‘qotish ekanligini aytdi.

XS
SM
MD
LG