Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:06

Koronavirusga qaramay¸ Toshkentda uyma-uy yurib aholiga oid ma’lumot yig‘ish davom etmoqda


Koronavirus tarqab borayotgan ayni kunlarda kuniga kamida 20 ta xonadonga kirib¸ aholiga oid shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishga majburlanayotgan davlat xizmatchilari.
Koronavirus tarqab borayotgan ayni kunlarda kuniga kamida 20 ta xonadonga kirib¸ aholiga oid shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishga majburlanayotgan davlat xizmatchilari.

Koronavirus pandemiyasi bois aksar davlatlar o‘z fuqarolarini ommaviy karantinga qo‘yayotgan ayni kunlarda¸ O‘zbekistonda 17 davlat xizmatining 100 dan oshiq ishchi-xizmatchisi har kun uyma-uy yurib¸ har bir fuqaroga oid shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishga majburlanmoqda.

Ozodlikka 16 va 17 mart kunlari tonggi yig‘ilishdan surat yuborgan davlat xizmatchilaridan biri¸ koronavirus tahdidi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bunday majburiy tadbir ham o‘z¸ ham aholi salomatligiga xatar solayotgani¸ ammo ishdan bo‘shatilish bosimi ostida¸ unda qatnashishdan o‘zga chorasi yo‘qligini bildirdi.

Hukumat buyrug‘i bilan aksar ommaviy tadbir va yig‘ilishlar to‘xtatilgan joriy vaziyatda¸ bunday tadbirlarning jamoatchilik salomatligiga tahdidi borasida Sog‘liqni saqlash vazirligidan aniq izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Vazirlik mulozimi¸ bunday tadbirlarni taqiqlash Vazirlar Mahkamasi vakolatida ekanini ta’kidlash bilan cheklandi.

Pandemiya paytida aholini o‘rganish?

Toshkent shahar Yashnobod tumanida shahardagi 20 ga yaqin davlat tashkilot xodimlari uyma-uy yurishga majburlanmoqda.

Ozodlikka bu xabarni yuborgan davlat idorasi xodimi buni tasdiqlash uchun uyma-uy yurishga majburlanayotganlar bilan har tongda o‘tkazilayotgan yig‘ilish suratlarini taqdim qildi.

16 va 17 mart kunlari olingani aytilgan bu suratlarda ichki ishlar formasi va fuqarolik kiyimidagi o‘nlab odamning tizilib turgani aks etgan.

Uyma-uy yurib ma’lumot yig‘ishga majburlanayotgan davlat xizmatchilari.
Uyma-uy yurib ma’lumot yig‘ishga majburlanayotgan davlat xizmatchilari.

Suratlarni shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab taqdim etgan mulozimga ko‘ra¸ bunday majburiy yig‘ilish va uyma-uy yurish Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “aholini o‘rganish” degan topshiriqni ijro etish maqsadida uyushtirilmoqda.

Bu tadbirda¸ Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ byudjetdan oylik oluvchi kamida 17 ta tashkilot va muassasa xizmatchilari qatnashishga majburlanmoqda.

Ular orasida¸ IIB, kommunal xizmatlar, ekologiya¸ SES, Minzdrav¸ kadastr¸ MIB¸ suv¸ gaz¸ svet¸ jami 17 ta slujba xodimlari bor”¸ deyiladi Ozodlikka yuborilgan xabarda.

Bosh vazir tomonidan ommaviy yig‘inlar to‘xtatilgan bo‘lsa ham har kuni ertalab va kechqurun majlis bo‘lishi tayinlandi. Prezident maslahatchisining buyrug‘i¸ deyishdi bizga. Shahar prokuraturasi nazorat qilyapti. Majlislarda har bir xodimga 15-20 xonadonga kirib¸ u yerda yashovchilar bilan suhbat qilish topshirilmoqda. Prokuratura har kuni hisob qabul qilyapti. Bundan bosh tortgan xodimlar ishdan bo‘shatilish bilan ogohlantirilmoqda”¸ dedi Ozodlik bilan gaplashgan bu majburiy tadbir ishtirokchilaridan biri.

Aytilishicha¸ aholi uylariga borib¸ oiladagi har bir odam haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni 1 martdan boshlangan va koronavirus pandemiyasi ortidan O‘zbekistonda o‘rnatilgan cheklovlarga qaramay¸ davom etmoqda.

Koronavirus O‘zbekistonda yoyilib borayotgan va ehtiyot choralari ko‘rilayotgan hozirgi vaqtda biz maska yoki boshqa himoya vositalarisiz kuniga 20 ta xonadonga kirib¸ barcha narsa, ishsizlar ro‘yxati, har bir uyda yashovchi har bir odamning ish joyidan tortib hamma shaxsiy ma’lumotlarini yozib chiqishimiz kerak. Koronavirus tarqayaptiku¸ desak¸ “bizga aloqasi yo‘q buning¸ og‘zingizni ro‘molcha bilan yopib gaplashing¸ maska-paska yo‘q”¸ deyishdi. Yoqmasa¸ arizangni yozda¸ ket¸ degan ochiqcha tahdid bo‘lyapti. Odamlar bizni uyiga kiritmay haydayapti¸ bu yoqdan prokuratura qo‘ymayapti - nima qilsang qil¸ ma’lumotni ol¸ deb”¸ dedi Ozodlik gaplashgan majburiy tadbir ishtirokchilaridan yana biri.

Ozodlik Toshkent shahri bo‘ylab koronavirus sharoitida ham davom etaëtgan ommaviy majburiy tadbirga bosh-qosh bo‘layotgani aytilgan Toshkent shahar prokuraturasiga mazkur xabarlar yuzasidan izoh so‘rab murojaat qildi. Shahar prokuraturasi xizmatchisi¸ Ozodlik nomini eshitgach¸ telefon aloqasini uzib qo‘ydi.

Yuzlab davlat xizmatchisining koronavirus yoyilib borayotgan hozirgi sharoitda uyma-uy yurishga majburlanayotgani va bunday amaliyot jamoat salomatligiga tahdid solayotgani haqidagi xavotirlarga munosabat so‘rab, Ozodlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli idoralari bilan ham bog‘landi.

Matbuot xizmati bu savol javobini Vazirlar Mahkamasidan so‘rashni tavsiya qildi; Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qilingan murojaatlarga esa¸ hozircha javob bo‘lmadi.

“Aholini o‘rganish” nima?

Toshkentda koronavirus epidemiyasiga qaramay davom etayotgan “aholini o‘rganish” amaliyoti¸ Ozodlik gaplashgan mulozimlardan biriga ko‘ra¸ prezident Mirziyoyevning 2019 yil, 31 oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan bog‘liq.

O‘zbekistondagi mehnat munosabatlarini elektron tizimga o‘tkazishga qaratilgan bu chora-tadbirlar doirasida 2020 yil 1 yanvaridan aholining “ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, xususan¸ pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida” ma’lumotlar bazasini yaratish buyurilgan.

O‘ndan oshiq davlat tizimlari jalb etilgan bu jarayonning bir necha oy ichida yakunlanishi ustidan nazorat Bosh vazir Abdulla Aripov va prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev zimmasiga yuklangan.

XS
SM
MD
LG