Линклар

Шошилинч хабар
02 апрел 2020, Тошкент вақти: 08:13

Qirg‘izistonda Umradan qaytgan uch kishiga koronavirus yuqqani aniqlandi


Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq uch holat qayd qilindi. Bemorlarning uchalasi ham Jalolobod viloyat, Suzoq tumanidan. Ular yaqinda Saudiya Arabistonidan qaytgan.

Bu haqda Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlantirish respublika shtabining majlisida ma’lum qilindi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayevning aytishicha, virusga chalinganlar Saudiya Arabistonidan 12 mart kuni qaytgan, ularda koronavirus 18 martga o‘tar kechasi aniqlangan.

"Ular shifokorlar nazorati ostida uyda bo‘lishdi. 16 mart kuni ulardan birining harorati ko‘tarildi. Analizlar u va yana ikki kishida virusga chalinish alomatlarini tasdiqladi", – dedi vazir. Uning so‘zlariga qaraganda, ayni damda bemorlar observatsiyada ushlab turilibdi.

Mamlakat rasmiylari ayni damda bemorlar kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlamoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vaziri. .Cholponbayevning aytishicha, 90 kishi karantinga joylashtirildi. Muloqotda bo‘lganlarning ayrimlari virusni yuqtirganlar bilan Saudiya Arabistonidan birga kelgan, ular Umra ziyoratida bo‘lgan. Virusni yuqtirganlar – 70, 62 va 43 yoshda. Kasalga chalinganlar kelgan samolyotdagi qolgan 45 yo‘lovchini qidirish ishlari davom etmoqda.​

Koronavirus aniqlangani bois Qirg‘izistonning Suzoq tumanida favqulodda holat rejimi joriy qilshindi, deya xabar berdi tuman administratsiyasi. Jamoat tartibini va davlat obyektlarini qo‘riqlash vaqtincha kuchaytirildi, odamlar to‘planadigan ob’ektlar faoliyati to‘xtatildi, tumanga barcha turdagi transport vositalarining kirishi va chiqishi cheklandi, faqat tuman shtabi a’zolari bundan mustasno.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlantirish respublika shtabi Qirg‘izistonda favqulodda holat rejimi joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi Azattiq radiosi xukumatdagi manbaga tayangan holda.

Qirg‘iziston koronavirus aniqlangan Markaziy Osiyodagi uchinchi davlat bo‘ldi. Qozog‘istonda 18 mart ertalabki holatga ko‘ra 35 ta, O‘zbekistonda esa 13ta holat aniqlangan.​

Алоқадор

XS
SM
MD
LG