Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:34

Mirziyoyev xalqqa murojaat qildi: zahira yetarli, xavotir yoki vahimaga asos yo‘q! (VIDEO)


Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qildi, 18 mart, 2020
Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qildi, 18 mart, 2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi bo‘yicha xalqqa murojaat qildi.

Vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini, xavotir yoki vahimaga tushishga asos yo‘qligini ta’kidladi.

Moliyaviy barqarorlikni saqlash hamda bozorlarda narx-navo o‘sishining oldini olish, hududiy byudjetlar va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi:

"Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz yanada jipslashib, ahil va hamjihat bo‘lib, bu murakkab sinovlarni ham yengib o‘tadi".

"Bu hayotning ko‘p og‘ir sinovlarini va yaxshi-yomon kunlarini boshidan kechirgan xalqimiz hammasini to‘g‘ri tushunib, masalaga ongli yondashmoqda".

"Kasallikni yashirmasdan, o‘z vaqtida murojaat qilish uning oldini olishda eng samarali choradir".

"Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q".

"Jamoatchiligimizdan iltimos qilaman: sarosima yoki vahima kayfiyatiga berilmaslik kerak. Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatishga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Bu masalani huquq-tartibot idoralari ham alohida nazoratga olishi lozim".

"Mening topshirig‘imga muvofiq, Maxsus ishchi guruh turizm, transport, farmatsevtika va yengil sanoat kabi sohalarga soliq ta’tillari berish, kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish, kechiktirilgan tashqi qarzdorlik uchun jarima qo‘llamaslik tartibini joriy qilish choralarini ko‘rmoqda".

18 mart holatiga ko‘ra:

- O‘zbekistonda 18 kishida virus aniqlandi. Bular Parij, Istanbul, London va Dubaydan qaytgan vatandoshlar hamda ularning yaqinlaridir.

- SSV vazirligi 13 kishi orasida og‘ir ahvolda bo‘lgan bemor yo‘qligi, shifoxonalarda 641 kishi yotgani, karantinda bo‘lgan 8 ming kishidan 5700 nafariga javob berilganini ma’lum qildi.

- 16 martdan boshlab, O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtadi, ta’lim muassasalari yopildi, davlat idoralarida majlislar to‘xtatildi.

- JSST Yevropa hanuz COVID-19 pandemiyasi markazi bo‘lib qolayotganini bildirdi, aksar Yevropa davlatlarida favqulodda vaziyat amalda.

- Virus yuqtirganlar rasmiy soni 182 mingdan, o‘lganlar soni esa 7 ming kishidan oshdi, 80 mingga yaqin odam sog‘aydi.

XS
SM
MD
LG