Линклар

Шошилинч хабар
31 март 2020, Тошкент вақти: 19:24

Hindistondan qaytgan xasta bola 1-shahar shifoxonasidagi bemorlarni cho‘chitib yubordi


Namangan viloyatida dezinfeksiya, 19 mart, 2020 (illyustrativ surat)

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog‘liq audioyozuvga izoh berdi.

Tarmoqlarda tarqalgan bu audioda koronavirus yuqtirgani gumon qilingan bemorning shifoxonaga yotqizilishiga boshqa bemorlar norozilik bildirayotgani qayd etilgan.

Audioyozuv

Ozodlikka 22 mart kuni Toshkentdagi 1-sonli shahar shifoxonasida bo‘lgan janjal ovozi qayd etilgan audioyozuv kelib tushdi.

Audioda ko‘plab bemorning bir erkak vrachga yuzlanib, Hindistondan qaytgan bir bemor haqida gapirayotgani tushuniladi.

Audioyozuvda asosan ayollar gapiradi. Ular koronavirus yuqtirgani gumon qilingan bemorni shifoxonaning, aftidan, ular yotgan bo‘limiga joylashtirmaslikni so‘raydi.

Shifokor bu bemorda hozircha virus aniqlanmagani, uni ayni shu shifoxonaga yotqizish qarori yuqoridan berilgani, u bu vaziyatda hech nima qilolmasligini tushuntirishga urinadi.

So‘ngra, audioda shifokor ekani tushunilgan yana bir erkak kishining ovozi paydo bo‘ladi va u norozi ayollarni to‘polon qilmaslik, aks holda, hammasini shifoxonadan chiqarib yuborishini aytib, tahdid qila boshlaydi.

Bundan noroziligi yanada ortgan ayollar baqir-chaqir qila boshlaydi. Ular oralarida yosh bolasi bo‘lgan va homilador ayollar borligini aytib, shovqin soladilar.

Audioyozuv so‘nggida bir ayol isterikaga tushib, yig‘lay boshlaydi va bu boshqa ayollarni ham jo‘shtirib yuborgani eshitiladi.

So‘ngra, shovqin-suron tushunarsiz xatti-harakat ovozlariga qorishib ketadi va ayollar bir-birini chetga torta boshlagani tushuniladi.

Quyida ushbu audioyozuvni tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:29 0:00
Бевосита линк

Rasmiy tasdiq

22 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev bu yozuvdagi voqea Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasida bo‘lganini tasdiqladi.

Matbuot kotibi mazkur voqea bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

"21 mart kuni soat 18:15da «Dehli-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha Hindistondan uchib kelgan reysda 254 nafar yo‘lovchi orasida 9 yoshli bola ham bo‘lgan.

Sirdaryolik bu bola Hindistonda boshidan operatsiya o‘tkazgan (ko‘pchilik odatda bu davlatga turli operatsiyalar o‘tkazib kelish uchun boradi – tahr.) va qaytgan paytida tana harorati 39 daraja bo‘lgan.

Respublikadagi vaziyat, shifo maskani yaqinligi hisobga olinib, qolaversa «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi karantinga olingani va eng muhimi – reanimatsiya bo‘limida joy borligi uchun bola shu shifoxonaga olib borilgan.

Qolaversa, har bir bemor, ayniqsa bolalar sog‘ligi uchun shifokorlar javobgardirlar.

Bu shifoxonada saqlanayotganlar va ularning tashqarida turgan yaqinlari orasida «koronavirusga chalingan odam oramizga olib kelindi» degan gap tarqalib, shifokorlarning tushuntirishlariga qaramay keskin noroziliklar bildirilgan.

Keyinchalik bola boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilib, reanimatsion chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ayni paytda bola o‘z kuzatuvchisi bo‘lgan bobosi bilan maxsus joyda va ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, koronavirusga oid laborator tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.

Bemor bu kasallikka chalingani ayni paytda tasdiqlanmagan.

Fursatdan foydalanib, shunday sinov davrida fuqarolarimizdan osoyishtalikni saqlab qolishni, vahimaga berilmaslikni, asossiz ma’lumotlar ta’siriga tushmaslikni yana bir bor so‘rab qolamiz. Unutmang, shifokorlar sizning sog‘ligingiz va xavfsizligingiz uchun har qachongidan ham ko‘proq qayg‘urmoqdalar".

22 mart holatiga ko‘ra

O‘zbekistonda 43 kishida virus aniqlandi.

Bular Parij, Istanbul, London, Dubay va Shveysariyadan qaytgan vatandoshlar hamda ularning tibbiy kuzatuv ostida bo‘lgan yaqinlaridir.

SSVga ko‘ra, bemorlarning 42 nafari Toshkent, biri Xorazmda saqlanmoqda. Ular orasida og‘ir ahvoldagi bemor yo‘q, ularning yaqinlari shifoxona va uyida karantinda. Ilk bemorlar tuzalishni boshlagan.

Boshqa yangiliklarni jonli blogimizda o‘qing:

XS
SM
MD
LG