Линклар

Шошилинч хабар
06 июл 2020, Тошкент вақти: 01:02

AQSh COVID-19 virusiga qarshi kurashda sun’iy aqldan foydalanmoqda


Oq Uyning Ilm-fan va texnologiya boshqarmasi koronavirus tez tarqalishiga qarshi kurash uchun sun’iy aql kuchidan foydalanish maqsadida konsorsium tashkil etgan edi.

Oradan bir hafta o‘tib, superkompyuterlar va bulut global tarmog‘i bilan qurollangan yana 2 ta kompaniya – Amazon va Maykrosoft konsorsiumga kirgan boshqa axborot texnologiyalari (AT) kompaniyalari safiga qo‘shildi.

COVID-19 ga qarshi kurashda yuksak samaradorlikka ega konsorsiumga Sietldagi bulutli hisoblash markazlari, Amazon Web Services, Microsoft, shuningdek, IBM va Google Cloud kiradi.

Bundan tashqari, konsorsiumning ilmiy, federal agentliklar va Energetika vazirligining 5 ta laboratoriyasidan iborat hamkorlari ham bor.

Tadqiqotlar jarayonida Oak Ridge Summit deb ataluvchi superkompyuterdan ham foydalaniladi.

Mutaxassislar fikricha, Amerikaning superkompyuterlari bemorlarni davolash va vaksinalar ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqotlarni tezlashtirish maqsadida ishlatiladi.

Konsorsium qo‘llab-quvvatlayotgan tadqiqot loyihalari SARS-CoV-2 koronavirusining molekulyar tarkibini, virusga oid bioinformatikadan tortib, COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni aniqlash va uning tarqalishni to‘xtatish strategiyalarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Albatta, bunday murakkab ishlarni bajarish uchun ish samaradorligi o‘ta yuqori bo‘lgan hisoblash resurslari kerak bo‘ladi.

Microsoft kompaniyasi “Sun’iy aql salomatlik xizmatida” dasturi uchun grantlar ajratadi va uning mutaxassislari COVID-19 ga qarshi kurash tadqiqot loyihalarida ishtirok etadi.

Amazon Web Services esa koronavirusni davolash bilan bog‘liq tashxis qo‘yish, davolash va vaksina ishlab chiqish tadqiqotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatadi va rag‘batlantirish kreditlari beradi.

Google, IBM kompaniyalari ham ish samaradorligi o‘ta yuqori hisoblash resurslarini tadqiqotchilar ixtiyoriga beradi. Ular ushbu taqdim etilayotgan resurslardan foydalanish uchun konsorsium vebsayti orqali oddiy loyiha taklifini taqdim etsa bo‘ldi. Komissiya ularning maqsadga nechog‘lik muvofiqligini, qancha resurs va vaqt talab etishini ko‘rib chiqadi va ma’qul topsa, tadqiqotga ruxsat beradi.

Olimlar tadqiqoti davomida qilayotgan ishi haqida blog yuritishi kerak bo‘ladi va tadqiqoti natijasi e’lon qilinadi.

Microsoft kompaniyasi ham “COVID-19 ga oid ochiq ma’lumotlar jamlanmasi”ni (CORD-19) tashkil qilgan hamkor kompaniyalar qatoriga kiradi. CORD-19 koronavirus bilan bog‘liq tadqiqotlardan tez, ishonchli va keng miqyosda foydalanish uchun sun’iy aql yordamida ishlaydigan ushbu ma’lumotlar bazasini taqdim etadi.

XS
SM
MD
LG