Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:09

AQShda koronavirusni aniqlovchi ixcham testerlar ishlab chiqildi


Aksar mamlakatlarda qo‘llanilayotgan birlamchi test sistemasi. Bu Cepheid ishlab chiqarayotgan test emas.
Aksar mamlakatlarda qo‘llanilayotgan birlamchi test sistemasi. Bu Cepheid ishlab chiqarayotgan test emas.

AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (Food and Drug Administration, FDA) bemorlarni koronavirusga tekshirish jarayonini tezlatish imkonini beradigan yangi moslama va testlarni tez suratda ma’qullamoqda.

Ayni damda AQSh aholisi soniga nisbatan eng oz test o‘tkazayotgan davlatlar safiga kiradi.

FDA ma’qullagan testlarning biri shifoxonalarning o‘zida analiz o‘tkazish imkonini yaratishi mumkin. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab sinovlar faqat maxsus diagnostika laboratoriyalarida o‘tkazilmoqda.

Cepheid shirkatining joriy haftada rasmiy ruxsat berilgan testini burundan olingan suyuqliksiz ham o‘tkazish mumkin. Bugungi kunda burun suyuqligini olish uchun qo‘llaniladigan tayoqchalar taqchil ekanligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, yangi test muhim afzallikka ega.

Yangi test, shuningdek, laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan testlardek aniq natija beradi. Testning yana bir yaxshi jihati uni o‘tkazishda o‘rtacha hajmdagi printer kattaligidagi moslamadan foydalaniladi.

Cepheid shirkatining ma’lum qilishicha, jahon bo‘ylab GeneXpert deb nomlanuvchi moslamaning taqriban 23 ming nusxasi allaqachon ishlamoqda. Jumladan, AQSh shifoxonalarida 5 ming dona GeneXpert apparati ishlamoqda.

Cepheid uzoq yillardan beri gripp analizini o‘tkazuvchi moslamalarni tayyorlab keladi. Shirkat rasmiylari koronavirus testerlari keyingi haftadan shifoxonalarga yuborila boshlashini aytishdi.

So‘nggi hafta ichida AQShda koronavirus testlari soni oshdi, ammo hanuz barcha virusni yuqtirgani gumon qilinayotganlarni tekshirishning imkoni bo‘lmayapti.

Xabarlarga ko‘ra, Scanwell shirkati bemorlar uyda o‘zlari mastaqil o‘tkazishlari mumkin bo‘lgan koronavirus testi ustida ishlamoqda.

Bu kabi yechimlar koronavirusga qarshi kurash samarasini oshirishini kutish mumkin.

XS
SM
MD
LG