Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:49

Pandemiya bois uyiga qaytgan yuzlab muhojir O‘zbekiston chegarasidan o‘tkazilmayotir (VIDEO)


25 mart kuni "Jibek joli" postida 500dan ziyod o‘zbekistonlik mamlakatga kirishni kutib turibdi.
25 mart kuni "Jibek joli" postida 500dan ziyod o‘zbekistonlik mamlakatga kirishni kutib turibdi.

25 mart kuni o‘zbek-qozoq chegarasida 500 dan ziyod¸ o‘zbek-qirg‘iz chegarasida esa 150 dan oshiq o‘zbekistonlik o‘z vataniga kiritilmay¸ chegarada ushlab turilibdi.

Vaziyatdan xabardor qozoq va qirg‘iz mulozimlari Toshkent rasmiylari bilan yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha so‘zlashuvlar borayotganini ma’lum qildi.

Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra¸ o‘zbek mulozimlari chegarada qolayotgan o‘zbekistonliklarni joylashtirish uchun karantin joyi hozirlangach, ularning mamlakatga kiritilishini bildirgan.

Qozog‘istonning Atirau viloyatida mehnat qiladigan nukuslik 35 yashar Po‘lat o‘zbek-qozoq chegarasining Mang‘istov viloyatidagi “Tajen” postidan o‘ta olmaganlardan biri.

Po‘latning 25 mart kuni Ozodlikka aytishicha, chegaradan o‘ta olmagach, Atirauga qaytishga majbur bo‘lgan.

Atirauda 3 oy ishladim. Uyga bola-chaqa oldiga qaytmoqchi edim. 23 mart kuni “Tajen” postiga bordim. 400 dan ziyod odam bor edi. Qozog‘istonda ishlayotganlar va Rossiyadan Qozog‘iston orqali qaytayotganlar. Hech kimni o‘tkazmayapti. Chegarani butunlay yopib tashlagan. Kutib -kutib Atirauga qaytib keldim. Boshqa tanishlarim ham taksida orqaga qaytishdi. Lekin ko‘pchilik chegara ochilishini kutib o‘tiribdi”, dedi nukuslik Po‘lat.

“Tajen” postidan Ozodlikka jo‘natilgan videoda ham yuzlab odamning chegarada turgani ko‘riladi. Vaziyatni tasvirga olgan yigit “chegara yopiqligi bois odamlar O‘zbekistonga o‘ta olmayotgani”ni aytadi.

Ўзбек-қозоқ чегарасидан ўта олмаётган ўзбекистонликлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Qozog‘istonning “Jibek joli” (O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik”) chegara postida ham yuzlab o‘zbekistonlik uyiga qayta olmayapti.

Ozodlikka jo‘natilgan videoda yarim tunda chegara post yaqinida asfaltda yotgan o‘zbekistonliklar tasvirlangan.

24 mart kuni kechqurun O‘zbekiston qariyalar va bolali ayollarni chegaradan o‘tkazdi. Lekin biz haliyam chegarada o‘tiribmiz”, deydi Telegram orqali bog‘langan yigit ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Qozog‘istondagi o‘zbeklarning “Do‘stlik” assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov chegarada muallaq qolayotgan o‘zbekistonliklar ahvolidan xabardorligini aytadi:

- O‘zbekiston elchixonasi bizga chiqishdi. Shaxsan o‘zim “Jibek joli” postiga borib, u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdim. To‘rtta hoji ona qilgan xayriya evaziga chegarada turgan o‘zbekistonliklarga yegulik olib bordik. 23 martdan boshlab O‘zbekiston chegarani yopdi. Shunga odamlar chegarada to‘planib qolyapti. Lekin O‘zbekiston odamlarni yig‘ib o‘tkazayapti. Sababi, ularni joylashtirish uchun karantinga joy tayyorlayapti. Shuncha odamni joylashtirish oson emas. O‘zbekiston 23 mart kuni 629 odamni chegaradan o‘tkazdi. 24 martda 800 ga yaqin odam o‘tkazildi. Ularning hammasi karantinga joylashtirilgan. Bugun ham chegarada 500ga yaqin o‘zbekistonlik kutib turibdi. Bugun yana xodimlarimiz ulardan xabar olish uchun ketishdi. To‘la nazoratga olganmiz, dedi Ikrom Hoshimjonov Ozodlik bilan suhbatda.

Hoshimjonov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:37 0:00
Бевосита линк


Ikrom Hoshimjonovga ko‘ra, o‘zbek-qozoq chegarasidagi o‘zbekistonliklar orasida 47 nafar tojikistonlik ham bor:

- 47 tojikistonlik O‘zbekiston orqali uyiga o‘tmoqchi bo‘lganlar. Menimcha¸ Tojikiston elchixonasi ularga O‘zbekistondan koridor ochib berish masalasida muzokara olib boryapti.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” chegara postidan Ozodlikka yo‘llangan suratlarda ham o‘nlab odamning chegara yaqinida o‘tirgani aks etgan.

24 mart kuni “Do‘stlik” chegara postidan Ozodlikka bog‘langanlar O‘zbekistonga o‘ta olmayotganidan shikoyat qilgan edi.

“Do‘stlik” chegara postida o‘tiribmiz. O‘zbekistonga o‘ta olmayapmiz. 300ga yaqin odam bor bu yerda. Kecha kelganlar ham bor oramizda. Yomg‘ir yog‘yapti. Yomg‘irda o‘tiribdi odamlar”, degandi Telegram orqali Ozodlikka bog‘langan yigit, anonim qolish sharti bilan.

25 mart kuni Ozodlikning O‘shdagi muxbiri Sherzod Yusuf “Do‘stlik” chegarasidagi vaziyatni o‘rgandi.

- “Do‘stlik” chegara postida o‘zbekistonliklar ikki kun davomida o‘ta olmay qolib ketishdi. Men qirg‘iz chegarachilari mas’uli bilan gaplashdim. Uning aytishicha, O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarini qabul qilmayapti. Kecha Qirg‘iziston tomoni o‘tkazgan muzokaralar natijasida kechqurun 320 o‘zbekistonlik chegaradan o‘tkazilgan. Lekin bugun - 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da “Do‘stlik” postida yana 150 nafar o‘zbekistonlik chegarada o‘tiribdi. O‘zbekiston ularni ham qabul qilmayapti. Qirg‘iz chegarachilari mas’uliga ko‘ra, yana muzokaralar olib borilyapti, dedi Sherzod Yusuf.

(Surat 24 mart kuni "Do‘stlik" postida olingan)

16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatildi¸ fuqarolarning chetga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlandi, hukumat xorijdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

Xorijdan qaytgan o‘zbekistonliklar chegaradan o‘tishi bilan¸ hukumat qaroriga muvofiq¸ 14 kunlik karantinga olinmoqda.

XS
SM
MD
LG