Линклар

Шошилинч хабар
02 июн 2020, Тошкент вақти: 00:17

150 nafar o‘zbek haydovchisi paxta ortilgan yuk mashinalari bilan Gruziya-Turkiya chegarasida qolmoqda (VIDEO)


Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonlik fura haydovchilari Turkiya tomoni koronavirus karantini sabab chegaradan o‘tkazmayotganini aytdi.

150 dan ziyod o‘zbekistonlik haydovchi paxta ortilgan yuk mashinalari bilan Gruziya-Turkiya chegarasidagi "Sarpi" chegara maskanida qolmoqda.

Bir haftadan beri chegara postida tunayotgan haydovchilar 30 mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘mak so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘lladi.

Gruziyadagi O‘zbekiston elchixonasining Ozodlik bog‘langan xodimi yuk mashina haydovchilarini chegaradan o‘tkazish bo‘yicha turk bojxona rasmiylari bilan so‘zlashuvlar olib borilayotganini bildirdi.​

Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonlik fura haydovchilari Turkiya tomoni koronavirus karantini sabab o‘zlarini chegaradan o‘tkazmayotganini aytdi.

- Bugun 8 kun bo‘lyapti, har kuni stoyankaga pul to‘lashimiz kerak. Pulimiz ham tugab bo‘lgan. Orqaga ham qaytolmaymiz. Davlatimizning boyligi paxtani chetga eksport qilamiz¸ deb yo‘lga chiqqanmiz, davlatimiz yordam bersin, - deydi haydovchilardan biri.

Туркия-Грузия чегарасида қолган ўзбекистонлик ҳайдовчилар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:11 0:00

Suhbatdoshlar karantin asosida chegarada faqat O‘zbekiston mashinalari ushlab turilayotganini iddao qildi:

- Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon yuk mashinalarini kirityapti, O‘zbekistonnikiga karatin deyapti. Axir biz Rossiya, Gruziya orqali Turkiyaga kiryapmiz.

Hozircha o‘zbek haydovchilari videomurojaati yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar munosabat bildirmadi.

Gruziyadagi O‘zbekiston elchixonasining Ozodlik bog‘langan mulozimi yuk mashina haydovchilarini chegaradan o‘tkazish bo‘yicha turk bojxona rasmiylari bilan so‘zlashuvlar olib borilayotganini bildirdi.​

Dunyoda koronavirus shiddat bilan tarqab borayotgani ortidan Turkiya mart oyi o‘rtalaridan boshlab 66 davlat fuqarosining mamlakatga kirishiga vaqtinchalaik taqiq joriy qildi.

Bundan oldin Turkmaniston koronavirus sababli chegarasini yopgani ortidan mart oyi o‘rtalarida Eronning “Lutfobod” bojxona postida o‘zbekistonlik 11 nafar haydovchi uylariga qayta olmayotgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Eronda qolgan o‘zbek haydovchilarining keyingi taqdiri Ozodlikka ma’lum emas.

Koronavirus pandemiyasi bois aksar davlatlar o‘z quruqlik va havo hududlari orqali kirib-chiqishni taqiqlab qo‘ydi va mutaxassislar bunday taqiqlarning yana bir necha oyga cho‘zilishini taxmin qilmoqda.

XS
SM
MD
LG