Линклар

Шошилинч хабар
21 октябр 2020, Тошкент вақти: 04:19

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni deyarli 850 ming bo‘ldi, deyarli 42 ming odam o‘ldi


Italiyada koronavirusdan vafot etganlar jasadlari solingan tobutlar.

1 aprelga o‘tar kechasida e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotda aytilishicha, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 849 500ga yetdi. Bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 74 ming kishini tashkil qildi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 30 foizga ko‘pdir.

Vafot etgan bemorlar soni: 41 625 . Bir kunda 4516 odam vafot etdi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 1300 taga ko‘pdir.

Tuzalganlar soni 176 500 kishi bo‘ldi. 24 soat ichida 12 ming odam tuzaldi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 1,5 mingtaga ozdir.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Bu yerda 175 ming bemor bor. Ularning deyarli yarmi Nyu-York shtatida yashaydi.

Italiyada 12 mingdan ko‘proq odam vafot etdi. So‘nggi bir sutka ichida bu mamlakatda koronavirusdan 800 odam o‘ldi. 31 mart kuni Italiyada epidemiyadan vafot etganlar xotirasiga motam tutildi.

Italiyada koronavirusga chalinayotgan odamlar soni ozayib borayotganini ko‘rish mumkin, lekin bu ko‘rsatkich haligacha kuniga 4 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Ispaniyada koronavirusga chalinganlardan 8 ming kishi, AQSh, Xitoy va Fransiyaning har birida uch mingdan ko‘proq kishi vafot etdi. Rossiyada rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, koronavirus qurbonlari 17 kishidir.

Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani kuzatilmoqda. Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 31 mart kuni dunyoda koronavirus epidemiyasi hali beri yakunlanmasligidan ogohlantirdi.

“Bu uzoq davom etadigan kurash bo‘ladi va shuning uchun doimo sergak bo‘lishimiz lozim. Har bir davlat o‘zidagi vaziyatdan kelib chiqib harakatlanishda davom etishi zarur”, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mintaqaviy direktori Takeshi Kasan.

31 mart Toshkent vaqti bilan kech soat 23.51dagi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 172 kishiga yetdi. Bir kunda koronavirusga chalinganlar soni 22 kishiga ko‘paydi.

XS
SM
MD
LG