Линклар

Шошилинч хабар
02 июн 2020, Тошкент вақти: 01:36

Agar hid va ta’mni sezmayotgan bo‘lsangiz, koronavirus yuqtirgan bo‘lishingiz mumkin


Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada COVID-19 yuqtirgani aniqlangan bemorlar hid sezgisining yo‘qolib qolganini xabar qilgan.

Buyuk Britaniyadagi yetakchi rinologlar fikricha, anosmiya va giposmiya deb ataluvchi hid sezgisining yo‘qolib qolishi bemorlarda kasallikning boshqa belgilari ko‘zga tashlanmasa ham, koronavirus alomati bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada to‘plangan dalillar COVID-19 virusini yuqtirgan ko‘plab bemorlar hid bilish sezgisini yo‘qotganini, ammo ularda kasallikning boshqa alomatlari ko‘zga tashlanmaganini ko‘rsatmoqda.

Britaniyadagi Otorinolaringologlar uyushmasi hokimiyat idoralarini hid yoki ta’m bilish sezgisini yo‘qotgan kishilarga o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishni maslahat berishga da’vat etmoqda.

Yoshlar kasallikning tana harorati ko‘tarilishi va yo‘talish singari umumiy tan olingan alomatlari ko‘zga tashlanmagani uchun uni oyoqda o‘tkazishi mumkin.

Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada COVID-19 yuqtirgani aniqlangan bemorlarning 1/3 qismi anosmiya va giposmiya deb ataluvchi hid sezgisining yo‘qolib qolganini xabar qilgan.

Britaniya Rinologlar jamiyati va Otorinolaringologlar uyushmasi rahbarlarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilinishicha, tekshirishlar keng tarqalgan Janubiy Koreyada bemorlarning 30 foizida kasallik yengil kechgan holatlarda uning asosiy belgisi anosmiya bo‘lgan. Ularda virus yuqishi bilan bog‘liq tana haroratining keskin ko‘tarilishi yoki yo‘tal singari alomatlar kuzatilmagan.

Bayonotga ko‘ra, Eron, AQSh, Fransiya va Italiya shimolida ham bemorlarda hid bilish sezgisi aniqlangan. Umumiy belgilarning yo‘qligi bemorlarning tibbiy tekshiruvdan o‘tmasligi va o‘zini o‘zi izolyatsiya qilmasligi hamda kasallikning butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketishiga sabab bo‘lgan.

Yoshlarda koronavirusning umumiy belgilari kuzatilmasligi mumkin.

Ekspertlar fikricha, yoshlarda koronavirusning tana harorati keskin ko‘tarilishi yoki yo‘tal singari keng tarqalgan alomatlari kuzatilmasligi mumkin.

Ular ta’m yoki hid bilish sezgisi yo‘qolish alomatlari bor har bir kishiga kasallik tarqalishi oldini olish uchun o‘zini o‘zi 7 kun karantinga solishni maslahat bermoqda.

XS
SM
MD
LG