Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:09

IIV: Uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etgan Nozim Jumayevga berilgan jazo yengiliga almashtirilmaydi!


Nozim Jumayev qamoqdagi imtiyozli hayoti haqida video chiqargan edi.
Nozim Jumayev qamoqdagi imtiyozli hayoti haqida video chiqargan edi.

“Navoiy viloyati 11-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Djumayev Nozim Narziyevich uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan, muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilmaydi.”

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi matbuot xizmati 1 aprel kuni shunday axborot tarqatdi.

Mazkur bayonot 30 mart kuni e’lon qilingan Ozodlik maqolasiga berilgan rasmiy javobdir.

Bu maqolada O‘zbekiston jazoni o‘tash tizmida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan va 2014 yili 20 yilga qamalgan 61 yashar Nozim Jumayevning afv qilinish ehtimolidan faolllar tashvishda ekani yozilgan edi.

Jumayev masalasini BMTning qiynoqlar bo‘yicha qo‘mitasigacha olib chiqqan va maxsus tadqiqot e’lon qilgan faol Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayeva huquq tartibot organlaridagi mulozimlarga tayanib¸ mahkum Jumayevga “atayin yaratilgan yengilliklar haqida” va uning qamoqdan chiqargan videolari haqida gapirgan edi.

IIV JIEBB Axborot xizmati ma’lumotnomasida mahkum Nozim Jumayevning qamoqdan videotasvir chiqarganiga oid bildirgi ham o‘rin olgan.

“Mazkur holat yuzasidan, bugungi kunda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda, uning natijasidan kelib chiqqan holda tegishli qaror qabul qilinadi".

IIV rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotnomada qayd qilinishicha:

“Mahkum N.Djumayevga jazo muddatini o‘tayotgan boshqa mahkumlar qatori O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksida nazarda tutilgan shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, alohida imtiyozlar yoki ma’lum bir yengilliklar yaratilmagan.

Ma’lumotnomada ta’kidlanishicha¸ “Mahkum N.Djumayev uyushgan guruh tarkibida jinoyat sodir etganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan, muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilmaydi.

Shuningdek ma’lumotnomada mahkum jazo o‘tayotgan paytda unga muddat qo‘shib berilgani bildiriladi:

“Navoiy viloyati 11-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Djumayev Nozim Narziyevich muqaddam og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir qilganligi uchun 4 marotaba sudlanib, yana uyushgan jinoiy guruh tarkibida o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Bundan tashqari, mahkum N.Djumayev jazo muddatini o‘tash davomida muntazam ravishda belgilangan ichki tartib qoidalarni buzib kelganligi sababli unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 112-moddasi talablariga muvofiq saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi – deb topilgan. Navoiy shahar sudining 2019 yil 2 oktabrdagi ajrimiga ko‘ra, uning jazoni o‘tash tartibi o‘zgartirilib, qattiq tartibli koloniyadan 3 yil muddatga turma tartibiga o‘tkazilgan.”

Ozodlikda e’lon qilingan maqola¸ IIV JIEBB Axborot xizmati ma’lumotnomasida ta’kidlanishicha¸ “jazoni ijro etish tizimi bo‘yicha salbiy fikrlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan".

Ozodlik 30 mart kuni inson huquqlari faollari xavotirlariga munosabat bildirishni so‘rab Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘langan¸ ammo xizmat xodimi tilga olingan aksar ma’lumot va tanqidlar bo‘yicha izoh bera olmasligini aytish bilan cheklangan edi.

XS
SM
MD
LG