Линклар

Шошилинч хабар
02 июн 2020, Тошкент вақти: 00:07

OzodDayjest: Deputat: YOIIga a’zo bo‘lish tarafdorlari taqdim etayotgan raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerak


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Abdurasulov.

Xonandalar Shahzoda va Rayhon 15 yildan beri arazlashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Deputat: YOIIga a’zo bo‘lish tarafdorlari tomonidan taqdim etilayotgan raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Andijonda ag‘darilgan Damas: YPX xodimi uni boshqarish vakolatiga ega bo‘lmagan

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati hududida YPX xodimi tomonidan jarima maydoniga olib ketilayotgan Damas rusumli avtomashina ag‘darilib ketgani tasvirlangan video tarqaldi (www.kun.uz, 2 aprel).

Aniqlanishicha, hodisa Andijon tumanida 21 mart kuni sodir bo‘lgan. YPX inspektori R.Mo‘minov tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasini boshqarib kelayotgan fuqaro S.A.da haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

YPX xodimi avtomashinani jarima maydoni tomon minib ketayotganida mashina old o‘rindig‘ida o‘tirgan qoidabuzar haydovchi unga qarshilik ko‘rsatib rulga osilgan va avtomashina ag‘darilib ketgan.

Kun.uz tahririyatiga ko‘ra, ushbu holatda YPX xodimi ham qonun talabini buzgan. Hukumatning 2011 yil 25 maydagi 149-sonli qaroriga muvofiq, qoidabuzarlik uchun ushlangan transport vositalarini saqlash joyiga olib borish YPX inspektori tomonidan emas, vakolatli yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Tahririyat ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv olib borayotgan Andijon tumani prokuraturasini YPX xodimi R. Mo‘minovning vakolati doirasidan chetga chiqqani holatiga ham e’tibor qaratishga undagan.

Deputat: YOIIga a’zo bo‘lish tarafdorlari tomonidan taqdim etilayotgan raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerak

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) a’zo bo‘lishi tarafdorlari tomonidan taqdim etilayotgan raqamlardan ehtiyot bo‘lish kerak, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Abdurasulov (www.parliament.gov.uz, 31 mart). Chunki sirtdan ishonchli ko‘ringan raqamlar chalg‘itishi mumkin.

Deputatga ko‘ra, YOII bozorida Rossiya o‘z global kun tartibini mutanosib ravishda amalga oshirishga intilayotgan yirik geosiyosiy imperiya tizimi bo‘lib qolmoqda. Avvalo, YOII moliyaviy bozori yetarlicha rivojlanmagan. Qolaversa, 2017 yilda mazkur bozorda 661 ta bank faoliyat yuritgan bo‘lsa, ularning 90 foizi Rossiyaga tegishli edi. Boshqa tahlillar ham ittifoq moliya bozorida o‘yin qoidalarini Rossiya belgilashini tasdiqlaydi.

Deputat J.Abdurasulov shu va boshqa omillarga sababli O‘zbekiston YOIIga to‘laqonli a’zo bo‘lmay, ikki tomonlama kelishuv yoki kuzatuvchi sifatida qo‘shilishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.

Avvalroq “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi YOIIga a’zo bo‘lish natijasida O‘zbekiston sanoati 2 milliard dollar atrofida yo‘qotishga uchrashini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori bilan O‘zbekistonning YOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi. Taniqli bloger Temurmalik Tojiddinzoda O‘zbekistonda ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kun tartibida turgan bir paytda parlament ularni hal etish bo‘yicha tashabbuslarni olg‘a surish o‘rniga iqtisodi beqaror davlat bilan strategik hamkorlik masalasini ko‘rib chiqayotganini tanqid ostiga oldi.

Xonanda Rayhon hamkasbi Shahzoda bilan 15 yildan beri gaplashmasligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamkasbi Shahzoda duet aytishni taklif qilsa, bajonidil rozi bo‘lishini bildirdi (www.daryo.uz, 2 aprel).

“Milliy TV” telekanali bir loyiha doirasida Shahzoda ikkalamizga duet ijro etishni taklif qilgandi. Men rozi bo‘ldim, Shahzoda esa bu taklifni rad etdi. U bilan urishib qolganimizdan keyin o‘rtamizda ko‘p gaplar o‘tdi. Hozirgi kunga kelib men bularning barchasini esdan chiqardim, kechirdim”, - degan xonanda.

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq dugonalar 15 yildan beri o‘zaro arazlashib gaplashmaydi.

“Shahzoda bilan ko‘pi bilan uch yil do‘st bo‘lganmiz. U bilan taxminan 15 yildan beri umuman gaplashmaymiz. Lekin odamlar haligacha bizni solishtiradi. Menda eski Shahzoda haqida juda yaxshi xotiralar qolgan, u hozir qanaqa inson ekanini bilmayman”, - degan R. G‘aniyeva.

Rayhon G‘aniyeva hamda Shahzoda o‘zbek shou biznesining bir avlodga mansub taniqli vakillari sanaladi.

XS
SM
MD
LG