Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 15:51

Tojikiston shimolidagi kasalxonada 60 yashar bemor vafoti ortidan karantin e’lon qilindi


Jabbor Rasulov tuman markaziy kasalxonasi. 2020, 5 aprel

Tojikiston shimolidagi Jabbor Rasulov tuman markaziy kasalxonasida 60 yashar erkak vafot etishi ortidan uni davolagan 11 shifokorning tana harorati ko‘tarilgan va tuman markaziy kasalxonasi to‘la karantinga olingan. Bu haqda Ozodlik radiosi tojik xizmati xabar qildi.

31 mart kuni o‘pkaning suv olishi yoki pnevmoniya tashxisi bilan vafot etgan bemorning yaqinlari, shifokorlar ahvoli yomonlashgach, marhum Qirg‘izistonning Botken viloyatiga safar qilganini e’tirof etgan.

Ism va familiyasi Ozodlik tojik xizmatiga ma’lum bo‘lgan bemorning o‘limini va bu voqea ortidan 11 nafar vrach va hamshiraning tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgani haqidagi xabarni sog‘liqni saqlash va ichki ishlar organlaridagi bir necha manba tasdiqladi.

Jabbor Rasulov tuman markazi Mehrobod shaharchasi aholisiga kelgusi ikki hafta ichida viloyatdagi boshqa kasalxonalarga murojaat qilish so‘ralgan.

5 aprel kuni to‘liq karantin holatiga o‘tkazilgan tuman markaziy kasalxonasidan na bemorlar va na shifokorlarga tashqariga chiqishga izn berilayotir.

Jabbor Rasulov tuman markaziy kasalxonasini 5 aprel oqshomida borib ko‘rgan Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra, kasalxona darvozalari ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda, kasalxona hovlisida esa niqobli shifokor va bemorlar yuribdi.

Ichki ishlar xodimlaridan biri mobil muxbirga bemorxona berkilganini tasdiqlagan va: “Ikki bemor isitmalayapti, shunga kirish va chiqish taqiqlandi” deb aytgan.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimlaridan birining ismini oshkor etmaslik sharti bilan Ozodlikka ma’lum qilishicha, 5 aprel kuni Jabbor Rasulov tuman markaziy kasalxonasining 11 nafar xodimi Xo‘jand shahridagi yuqumli kasalliklar bemorxonasiga yotqizilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha shifokorlarning tana harorati ko‘tarilib ketgan, tuman kasalxonasi bosh vrachining muovini, Alisher Abdukarimovning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Qirg‘izistonning Botken viloyati bilan chegaradosh Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida istiqomat qilgan 60 yashar erkak 21 mart kuni kasalxonaga yotqizilgan va 31 mart kuni vafot etgan.

U kasalxonaga yotqizilganidan 14 kun o‘tib, uni muolaja qilishda ishtirok etgan 11 vrach va hamshiraning tana harorati ko‘tarila boshlagan. Ayni kunning o‘zida marhumning ukasi va xotini ham baland isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Tojikiston rasmiylari hozirga qadar mamlakatda koronavirus qayd etilmaganini aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG