Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 05:31

“Hammasi o‘lganlar soniga bog‘liq”: Pandemiya Putinning bahorgi dabdabasiga tahdid solmoqda


Ekspertlar fikricha, Putinni qo‘llab-quvvatlovchilar soni kamayib borayotgan paytda G‘alaba bayramini nishonlash siyosiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin, chunki bu bayram uning obro‘sini ko‘tarishning asosiy vositasidir.
Ekspertlar fikricha, Putinni qo‘llab-quvvatlovchilar soni kamayib borayotgan paytda G‘alaba bayramini nishonlash siyosiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin, chunki bu bayram uning obro‘sini ko‘tarishning asosiy vositasidir.

Rossiyada koronavirus prezident Vladimir Putin obro‘sini ko‘tarishning asosiy vositasi bo‘lib kelgan harbiy parad o‘tkazilishini savol ostiga qo‘ydi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, hozircha paradni o‘tkazish haqida qaror qabul qilingani yo‘q.

Aleksandr Kolotushkin o‘zini sharaflashlariga ko‘nikib qolgan.

U Ikkinchi jahon urushining kamsonli veteranlaridan biri sifatida Qizil Armiya formasini kiyib, bolalarga xotiralarini so‘zlab berish uchun maktablarga boradi.

O‘tgan yil dekabrida 93 yoshga to‘lgan Kolotushkin bir oydan so‘ng natsistlar Germaniyasi tor-mor qilinganining 75 yilligiga bag‘ishlab Rossiya o‘tkazadigan harbiy paradni tomosha qilish uchun boshqa veteranlar bilan birga Qizil maydonga borish umidi bilan yashamoqda.

Garchi hukumat ushbu sanani nishonlash uchun hamma ishni qilayotgan bo‘lsa-da, pandemiya barcha rejalarni barbod qilishi mumkin.

Ayni paytda qizi Natalya bilan Volgogradda “o‘zini yakkalayotgan”
Kolotushkinga bayramga taklif etish uchun hech kim qo‘ng‘iroq qilayotgani yo‘q.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 9 may kungi Qizil maydondagi paradda 15 ming harbiy xizmatchi hamda 373 ta harbiy texnika va uchoq, jamladan, Rossiya arsenalidagi eng yangi qurol-yarog‘ namunalari qatnashishini ma’lum qilgan edi. Ukrainadagi voqealar sabab Rossiyaga nisbatan G‘arb mamlakatlari sanksiyalar qo‘llanayotganiga qaramay, unga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham taklif etilgan.

Ushbu parad bu yil Rossiya hukumati yangilanishi bilan bog‘liq siyosiy
mavsumni yakunlashi va butun Rossiyani birlashtirishi, ya’ni 22 aprelda Rossiya konstitutsiyasiga prezident Vladimir Putinga 83 yoshga qadar rahbarlik qilish huquqini beradigan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum ham o‘tkazilishi kerak edi.

Endi plebistsit kechiktirildi, parad ham o‘tishi dargumon – hammasi keyinga qoldirildi.

Konstitutsiyaga kiritilajak o‘zgartirishlarga ovoz berishni targ‘ib qiluvchi plakatlarda “ajdodlar xotirasini himoya qilish” bahona qilinib, Qizil armiya formalarini kiyib olgan bolalar suratlari bor. 9 may zikr etilgan o‘zgarishlarning hammasiga ulkan yakun bo‘lishi kerak edi.

Urush veteranlari uyda o‘tirishga da’vat etilmoqda. “O‘lmas polk” marshi bekor qilindi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda Moskva tashqarisida parad repetitsiyasida askarlar niqob kiymagan holda qatnashayotganiga oid videolar tarqaldi.

Muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy buni “koronavirus tarqalishi uchun qulay joy” deb atadi, biroq Mudofaa vazirligi askarlarni himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, hozircha paradni o‘tkazish haqida qaror qabul qilingani yo‘q.

10 aprel holatiga Rossiyada koronavirus yuqtirgan kishilar soni 12 mingga yetib qoldi, 90 dan oshiq kishi o‘lgani aytilmoqda.

Ekspertlar fikricha, Putinni qo‘llab-quvvatlovchilar soni kamayib borayotgan paytda G‘alaba bayramini nishonlash siyosiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin, chunki bu bayram uning obro‘sini ko‘tarishning asosiy vositasidir.

Garchi fikri so‘ralganlarning ko‘pchiligi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba Rossiya tarixidagi eng muhim voqea bo‘lib qolayotganini aytayotgan bo‘lsa-da, iqtisodiy farovonlik odamlar nazdida birinchi o‘rinda turadi.

Rossiya axborot vositalari bildirishicha, ayni damda rahbariyat harbiy parad o‘tkazish bo‘yicha bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ulardan bittasi paradni Ikkinchi jahon urushida Yaponiya taslim bo‘lgan 2 sentabrga ko‘chirish bo‘lsa, ikkinchisi 9 mayda tomoshabinlarsiz o‘tkazishdir.

Yana bir variantga ko‘ra, uni 24 iyunga, ya’ni Qizil maydonda diktator Iosif Stalin rahnamoligida bo‘lib o‘tgan haqiqiy parad kunida o‘tkazish rejasi ham bor.

Kolotushkin o‘sha paradda qatnashgan edi.

XS
SM
MD
LG