Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:35

Kattaqo‘rg‘onda ikki qavatli uylardan birida portlash ro‘y berdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi


Kattaqo‘rg‘ondagi portlash ro‘y bergan turar joy binosi.
Kattaqo‘rg‘ondagi portlash ro‘y bergan turar joy binosi.

Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahrida ikki qavatli uylarning birida portlash sodir bo‘ldi.

12 aprel kuni ertalab soat 6larda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, portlash ro‘y bergan binodan odamlar evakuatsiya qilingan.

Ular Ozodlikka jo‘natgan foto va videotasvirlarda yuzi va badani kuygan yaradorlarni ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki qavatli uylarning birida is gazi siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida ikki qavatli binoning bitta pod’yezdi qulab tushgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qurbonlar va yaradorlarni portlash sodir bo‘lgan ko‘p xonadonli uy vayronalari ostidan chiqarmoqda.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qurbonlar va yaradorlarni portlash sodir bo‘lgan ko‘p xonadonli uy vayronalari ostidan chiqarmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining ma’lum qilishicha, ayni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov voqea joyiga yetib borgan.

Ismini oshkor qilishni istamagan Kattaqo‘rg‘on shahar shoshilinch tibbiy markazi vrachi 4 kishi kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelinganini Ozodlikka aytdi.

“To‘rtta odam olib kelindi, bittasining ahvoli og‘ir, tanasining 30 foizi kuygan”, - deydi shifoxona vrachi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi portlash ro‘y bergan turar joy binosida yashashgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, barcha qurbonlar va yaradorlar portlash sodir bo‘lgan ko‘p xonadonli uy yashovchilaridir.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, barcha qurbonlar va yaradorlar portlash sodir bo‘lgan ko‘p xonadonli uy yashovchilaridir.

Guvohlardan biri Ozodlikka portlash sodir bo‘lgan joyni militsiya o‘rab olgani va to‘planganlarni tarqatganini aytdi.

O‘zbekistonda gazdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida portlash va yong‘inlar sodir bo‘lib turadi.

Har yili O‘zbekistonda o‘nlab odam is gazidan zaharlanish yoki portlash natijasida o‘ladi.

Gazga boy O‘zbekistonda aholi gazdan uzib qo‘yilgan. Ko‘pchilik qo‘lbola isitish uskunasidan foydalanadi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda havo harorati paysayib, ba’zi joylarda qor yoqqandi.

XS
SM
MD
LG