Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:46

Ukrainada o‘rmon yonmoqda. Olov Chernobil AESga yetishiga 1 chaqirim qoldi


Yong‘inlar ixotalangan va hech kim yashamaydigan hududda 3 aprelda boshlanib, atrofdagi o‘rmonlarga tarqalgan edi. Surat 10 aprelda olingan. (2020 yil)
Yong‘inlar ixotalangan va hech kim yashamaydigan hududda 3 aprelda boshlanib, atrofdagi o‘rmonlarga tarqalgan edi. Surat 10 aprelda olingan. (2020 yil)

Ukrainada bir haftadan beri quturayotgan yong‘in ishlamayotgan Chernobil atom elektrostansiyasiga yetib borishiga bir kilometrcha qoldi, biroq favqulodda vaziyatlar xizmatlari uning tarqalishi nazorat ostida ekanini aytmoqda.

Ekologlar o‘rmon yong‘inlari 1986 yili ro‘y bergan eng dahshatli yadro falokati joyidagi radioaktiv kulni yana havoga ko‘tarishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ular fikricha, o‘sha kul yaqin atrof va Ukraina poytaxti Kiyev aholisiga tahdid qilishi mumkin.

Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar xizmati 13 apreldagi bayonotida Kiyev viloyatidagi radiatsiya darajasi “tabiiy fon qiymatidan oshmayotgani”ni, AES atrofidagi yopiq hududda “o‘zgarmagani”ni aytdi.

Biroq Greenpeace Russia tashkiloti ixotalangan hudud orqali o‘tayotgan yong‘in ko‘lami Kiyevdagi hokimiyat idoralari tan olayotganidan ancha kengligi va ular radiatsiya xavfini tug‘dirayotganidan ogohlantirdi.

‒ Atom yoki xavfli radiatsiya ob’yektiga yaqinlashib kelayotgan yong‘in har doim xavfli bo‘ladi, ‒ dedi Greenpeace Russia tashkilotining energetika loyihalari rahbari Rashid Alimov. ‒ Bunday holatda ertaga yomg‘ir yog‘ishidan umid qilib turibmiz.

“Olov ichida qolgan hudud”

AQSh NASA kosmos agentligining Resurslarni boshqarish uchun yong‘inlar haqidagi ma’lumotlar berish tizimi orqali sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, yong‘in odamlar yashamayotgan Pripyat shahri chekkalariga yetib va ishlamayotgan AESga yaqinlashib qolgan.

Chernobil bo‘yicha turoperator Yaroslav Yemelyanenko Feysbukda vaziyatni juda og‘ir deya tavsifladi.

“Hudud olov ichida. Mahalliy hokimiyat idoralari hammasi nazorat ostida deya hisobot bermoqda, lekin amalda yong‘in yangi hududlarga yoyilmoqda”, deb yozdi u.

Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati matbuot kotibasi Olga Kozakning DPA axborot agentligiga aytishicha, vaziyat “chindan ham jiddiy, ammo nazorat ostida”.

Kuchli shamol yong‘in tarqalishini jilovlash uchun yong‘inga qarshi mudofaa chizig‘ini hosil qilgan o‘t o‘chiruvchilarga va jihozlarni hududga olib kirishga xalaqit bermoqda.

Yong‘inlar ixotalangan va hech kim yashamaydigan hududda 3 aprelda boshlanib, atrofdagi o‘rmonlarga tarqalgan edi.

Politsiya xodimlari o‘t qo‘yishda gumon qilingan 27 yashar mahalliy aholi vakilining shaxsini aniqladi. Tergovchilarga aytishi bo‘yicha, u qandaydir chiqindi va o‘t-o‘lanni “ermak uchun” yoqqan.

Ukrainaning bir qancha viloyatlaridan yaqinda mavsumga xos bo‘lmagan quruq sharoitda mayda yong‘inlar ro‘y berayotgani haqida xabarlar olindi.

XS
SM
MD
LG