Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:33

Yetakchi iqtisodchilar Rossiya hukumatini aholiga pul tarqatishga chaqirdi


Iqtisodchilarga ko‘ra, har bir odamga 20 ming rubldan berilishi lozim.
Iqtisodchilarga ko‘ra, har bir odamga 20 ming rubldan berilishi lozim.

Rossiyada koronavirus pandemiyasi paytida aholini, kichik va o‘rta biznesni inqirozga qarshi qo‘llab-quvvatlash uchun yalpi ichki mahsulotning 4 foizidan 10 foizigacha bo‘lgan qismini ajartish zarur.

Bu raqamlar yetakchi iqtisodchilar yozgan va “Liberal missiya” fondi e’lon qilgan “Koronakrizis 2020: Nima bo‘ladi va nima qilmoq kerak?” degan hisobotda qayd etildi.

Hisobot mualliflari orasida Iqtisodiyot oliy maktabining taraqqiyot markazi direktori Natalya Akindinova, Rossiya Markaziy bankining sobiq rabar xodimlari Sergey Aleksashenko va Oleg Vyugin, Chikago universiteti professori Konstantin Sonin va boshqalar bor.

Mualliflarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida jahon iqtisodi yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha uch foizga kamayadi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari rossiyaliklar karantin davrida neft narxining tushib ketishi va byudjetning qisqarishiga ham guvoh bo‘lmoqdalar.

Iqtisodchilar, jumladan, pandemiya davrida hukumat har bir fuqaroga oyiga 20 ming rubldan pul to‘lab turishi, kommunal harajatlarni o‘z zimasiga olishi, “o‘zini yakkalash” sharoitida pensiya miqdorini ikki barobarga ko‘paytirishi kerak, deb hisoblaydilar.

Buning uchun Rossiya oyiga uch trillion rubl sarflashi lozim bo‘ladi. Bu qo‘shimcha qo‘llov hukumat tomonidan fuqarolarga ikki-uch oy davomida berilishi lozim.

Bundan tashqari hukumatga ishsizlik nafaqasini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonini soddalashtirish va ishsizlik nafaqasi miqdorini 25 foizga oshirish ham tavsiya qilingan.

Mualliflar, Rossiya byudjetni qayta ko‘rib chiqishi, fuqarolarni, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga milliy farovonlik fondining 50 foizini sarflashi lozim, deb hisoblaydilar.

“Krizis paytida fuqarolarga yetarli darajada qo‘llov ko‘rsatmaslik ijtimoiy noroziliklarga sabab bo‘ladi”, deb bildirdi Konstantin Sonin.

Alfa-bankning hisob-kitobicha, pandemiya davrida kichik va o‘rta biznesga mansub olti million, transport sohasiga mansub bir milliondan ko‘proq odam iqtisodiy inqiroz sharoitiga duchor bo‘lgan.

Mutaxassislar hukumat birinchi navbatda pullarni oylik maosh tarqatish uchun shirkatlarga yo‘naltirishni tavsiya qilmoqdalar. Bunday qilinsa, aholiga to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishga ehtiyoj qolmaydi.

Rossiya Markaziy banki va hukumati hozircha mazkur hisobotga munosabat bildirmadi.

Avvalroq Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina hozircha fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni to‘lashga ehtiyoj sezilmayotganini aytgandi.

Hisob palatasi raisi Aleksey Kudrin Rossiyadagi inqiroz tufayli joriy yilda ishsizlar soni uch barobarga ko‘payib, 8 million kishiga yetishini ma’lum qilgan.

Kudrin mehnatga haq to‘lashning minimal miqdorini, ishsizlik nafaqasini vaqtincha oshirishni, shirkatlarga ish haqi to‘lash uchun byudjetdan dotatsiya berishni taklif qilgan. Kudrin buning uchun bir trilliondan uch trillion rublgacha mablag‘ kerak bo‘lishini bildirgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa COVID-19 epidemiyasi oqibatlarini minimallashtirish uchun yalpi ichki mahsulotning 1,2 foizi miqdoridagi mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG