Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:02

Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslar koronavirus inqirozidan xavotirda


Rossiya dunyoning boshqa mamlakatlari singari koronavirus
tarqalishaga qarshi kurashayotgan paytda faollar ushbu mamlakat qamoqxonalari va tergov izolyatorlarida ushlab turilgan 875 ming kishi hamda o‘sha muassasalarda ishlayotgan yuz minglab kishilar hayoti xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Fevralda Irinaning Novosibirsk viloyatida qamoq muddatini o‘tayotgan o‘g‘li og‘ir kasallikka chalinib qoldi.

Tinmay yo‘talayotgani va tana harorati tushmayotganiga qaramay, bir necha kun shifokor qabuliga kira olmadi.

Qabulga kirganidan so‘ng qamoqxonadagi dorixona bo‘shab qolgan edi, shifokor esa hech narsa bera olmadi.

‒ Unga dori topib berish uchun tinmay yelib-yugurdim, ‒ dedi u “Ozodlik” radiosiga.

Ismi ochiqlanishini istamagani uchun uni Irina deb atadik.

‒ U juma kuni og‘rib qoldi. Nihoyat, chorshanba kuni shifokor qabuliga kirdi. Shifokor retsept yozib berdi. Men dorilarni olib keldim, lekin shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘limga nima bo‘lganini surishtirganimdan so‘ng oradan bir necha kun o‘tib, u o‘sha dorilarni oldi.

Ayni paytda Rossiya dunyoning boshqa mamlakatlari singari koronavirus
tarqalishiga qarshi kurashayotgan paytda faollar ushbu mamlakat qamoqxonalari va tergov izolyatorlarida ushlab turilgan 875 ming kishi hamda o‘sha muassasalarda ishlayotgan yuz minglab kishilar hayoti xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Irina fikricha, o‘g‘li unga koronavirus tarqala boshlagandan so‘ng ham o‘zi saqlab turilgan qamoqxonada hech narsa o‘zgarmaganini, faqat jamoat joylar dezinfeksiya qilinib, mahbuslar yashaydigan baraklarga tegilmaganini aytgan.

Bunaqa holat boshqa mintaqalardagi qamoqxonalarda ham kuzatilayotgani haqida xabarlar olinmoqda.

Garchi Rossiyada keyingi yillarda mahbuslar soni ancha qisqargan bo‘lsa-da, aksariyat muassasalar odamga to‘lib ketgan. Ular orasida sil, sarg‘ayma va OIV infeksiyasi singari surunkali kasalliklar bilan og‘riyotganlar ko‘p.

1000 – 1500 mahbus saqlanayotgan qamoqxonada faqat 1 nafar shifokor bor.

Mutaxassislarga ko‘ra, qamoqxonalardagi epidemiologik vaziyat juda og‘ir.

U yerda virusni yo hech kim yuqtirmasligi mumkin yoki bir odamga yuqsa, undan hamma yuqtirib oladi.

Yana bir muammo barcha mahbuslarning oshxonada bir vaqtda ovqatlanishidir.

Bu – virus tarqalishi uchun juda qulay sharoit.

18 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada 36 mingdan ortiq koronavirus yuqtirganlik va 232 ta o‘lim holati rasman qayd etildi.

31 martda bosh vazir Mixail Mishustin Federal jazoni ijro etish xizmatini (FSIN) koronavirus testlari, zarur tibbiy jihozlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashga buyruq bergan edi.

FSIN barcha zarur choralar ko‘rilgani, qamoqxonalarda dori-darmon, tibbiy jihozlar va shaxsiy himoya vositalari zaxirasi yaratilgani hamda barcha qamoqxonalarda “sanitariya” kuni o‘tkazilgani haqida hisobot berdi.

Biroq 1 aprelda faollar Moskvadagi “Matrosskaya tishina” tergov
izolyatoridagi ko‘plab mahbuslarda yuqori tana harorati va zotiljamnikiga o‘xshash alomatlari aniqlangani haqida xabar tarqatdi.

U yerdagi vaziyat “falokatga o‘xshashligi” aytilmoqda.
Ryazan viloyatidagi Ryazan shahrining sobiq meri Valeriy Ryumin va Kirov viloyati sobiq meri Nikita Belix qamoq muddatini o‘tayotgan IK-5
qamoqxonasida uning Barinov degan xodimlaridan biri mehnat ta’tili
vaqtida Tailandda dam olib kelib, 17-30 mart kunlari o‘sha yerda navbatchilik qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Oldinroq uning koronavirus yuqtirgani tasdiqlangan edi. Oqibatda 16 mahbus grippnikiga o‘xshash belgilar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Gap-so‘z ko‘payib ketgach, qamoqxona ma’muriyati bir xodimining virus
yuqtirganini tan olishga majbur bo‘ldi.

Joriy oy boshida Moskvadagi “Helsinki guruhi” COVID-19 epidemiyasi
Rossiya qamoqxonalarida tarqalishi muqarrar ekanini hisobga olib, tez va keng qamrovli amnistiya e’lon qilish uchun onlayn imzo yig‘ishni boshlagan edi.

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Eron, Hindiston, Germaniya va Kanadada imnistiya e’lon qilindi yoki hali sudlanmagan, ammo tergov izolyatorida ushlab turilgan kishilar koronavirus sabab garov evaziga ozod etildi.

Lekin Rossiya qamoqxonalari mutasaddilari COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni qattiqqo‘llik bilan nazorat qilib turibdi va mustaqil kuzatuvchilarning u yerlarga kuzatuv maqsadida kirishiga ruxsat bermayapti.

XS
SM
MD
LG