Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:07

OzodMaktub: "Turkiyada qolib ketdim, xasta bolam ko‘zim oldida qurib boryapti" (VIDEO)


Turkiyada qolib ketgan o‘zbekistonlik ayolning 4 yashar xasta bolasi, 21 aprel, 2020
Turkiyada qolib ketgan o‘zbekistonlik ayolning 4 yashar xasta bolasi, 21 aprel, 2020

Turkiyada 4 yashar xasta bolasi bilan qolib ketgan o‘zbekistonlik ayol yordam istamoqda. Ismini oshkor qilmayotganimiz ayolning yozishicha, farzandi "suyak erishi, miyaga kislorod yetishmasli"dan aziyat chekmoqda.

Ayol Turkiyaga bolasini davolatish uchun borgan va COVID-19 tarqalishi ortidan, aviaqatnov to‘xtab, bu davlatda qolib ketgan.

Ayolning yozishicha, hozir bolaning dorilari tugagan, shu bois ahvoli kundan kunga og‘irlashmoqda.

Maktubda aytilishicha, elchixona ayolning holidan xabardor, ammo O‘zbekistonga charter reys tashkil qilishni kutishdan boshqa yechim taklif qilolmayotir.

Ayolning maktubi quyida tahrirsiz e’lon qilinmoqda, imlo va stilistika muallifniki:

"4 yosh bolam bilan Turkiyaga davolanishga kelib qolib ketdim. O‘g‘lim nogiron juda ham tushkin va og‘ir ahvoldaman.

Posolstvadan yordam so‘rasam, sabr, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi deyapti. Birovning uyida omonat o‘tiribman qo‘limda pulim yo‘q.

Farzandimni dorilari tugadi, suyak erishi, miyaga kislorod yetmaslik kasalliklari bor. Yuzlari ko‘karib boshladi, dorilari tugadi. Kunduzi 2 3 soat uxlaydi.

Ketmasak bo‘lmaydi charter kutib charchadik. Kimga murojaat qilay O‘zbekistonga ketish uchun?

Turgan joyimdan oyni oxirida uyni puli to‘lanmaganiga bo‘shatishimizni so‘rayapti. Turkiya ham Ramazongacha 27 ming fuqarosini vataniga qaytaryapti . Bizni qachon qaytarishadi? Karantinga ham rozimiz o‘tirishga.

Bu yerda uysiz nonsiz qiynalganlar qancha, kasal bolalar bor. Iltimos shu so‘zlarimniyam chiqaring, qachon eshitishadi chet elda qiynalayotganlarni?

Prezidentimni gaplarini eshitib yana yig‘lagim keladi: Men bor ekanman o‘zbek ayolini ko‘zidan yosh oqmaydi degan edilar. Farzandini bu yerda qurishini ko‘rib o‘tirishga kim yig‘lamaydi?"

Ayol xasta farzandi videosini ham Ozodlikka yo‘lladi:

Туркияда қолиб кетган аëлнинг 4 яшар хаста ўғли
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:28 0:00

Shu kunda dunyoning turli davlatlarida qolib ketgan o‘zbekistonliklardan Ozodlikka murojaatlar ko‘plab kelishda davom etmoqda.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Hindiston, Tailand, Rossiya, Latviya kabi qator davlatlarda minglab o‘zbekistonlik charter reyslarini kutmoqda.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixonalarga murojaat qilayotgani, ammo ular kutishni tavsiya qilish bilan kifoyalanayotganini aytmoqdalar.

Ma’lum bo‘lishicha, xorijda qolib ketgan vatandoshlarga shu kunda O‘zbekiston hukumati tomonidan konkret moddiy yordam ko‘rsatilayotgani yo‘q - asosan, o‘z mablag‘lari va yordam pullari evaziga kun ko‘rmoqda.

Quyidagi jonli blogda bu kabi murojaatlar va COVID-19 fonida ro‘y berayotgan boshqa voqealar bilan tanishishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG