Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:17

Ayrim davlatlarda karantinga qarshi namoyishlar bo‘ldi. Odamlar ish joylariga qaytishni talab qilmoqda (VIDEO)


AQShdagi norozilarni prezident Tramp qo‘llab-quvvatladi.
AQShdagi norozilarni prezident Tramp qo‘llab-quvvatladi.

Dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin choralariga nisbatan norozlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Eng ko‘p odamlar qatnashgan namoyishlar AQShning ayrim shtatlarida bo‘ldi. Boshqa shtatlarda ham bu kabi namoyishlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

AQShda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ishtirokchilari ish o‘rinlari qayta tiklanishini va karantin choralari yumshatilishini talab qilmoqda. Norozilarni AQSh prezidenti Donald Tram qo‘llab-quvvatladi. U ayrim shtatlar gubernatorlari “karantin choralarini juda kuchaytirib yuborgan”, deb hisoblaydi.

Ayni paytda karantin choralari yumshatilgan va namoyishlar bo‘lib o‘tgan shtatlarda SOVID-19ga chalinganlar soni ko‘paygani kuzatilmoda. Qo‘shma Shtatlar shu kungacha koronavirus yuqtirganlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlat bo‘lib qolayotir. Bu yerda 800 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalindi. Bemorlardan 43 mingdan ko‘prog‘i vafot etdi.

Vashington shtati gubernatori Trampni karantin choralarini yumshatishga chaqirgani uchun keskin tanqid qildi. Gubernatorga ko‘ra, Tramp bu bilan aholini isyon ko‘tarishga chaqirmoqda va koronavirusga chalinganlar soni ko‘payishiga omil yaratmoqda.

Nьyu-Yorkda Trampga qarshi bo‘lgan faollar javob aksiyalarini o‘tkazishdi. Ular Trampga tegishli bo‘lgan binolar oldiga qopga solingan soxta jasadlarni qo‘yib piket o‘tkazdilar.

Karantinga qarshi mitinglar Braziliyada ham o‘tkazildi. Bu namoyishlarni Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru qo‘llab-quvvatladi. Mitinglardan birida prezident yoshlarni karantin choralariga amal qilmaslikka chaqirdi va ularni ish joylariga qaytishga undadi.

Braziliyada shu kungacha 41 ming kishi koronavirusga chalingan, 2,5 ming bemor o‘lgan.

Rossiyaning Shimoliy Osetiya respublikasida bir necha yuz odam “o‘zini yakkalash” tartibini buzgan holda markaziy maydonga yig‘ildi. Namoyishga chiqqanlar karantin oqibatida daromadlaridan ayrilganlarini va oilasini boqish uchun mablag‘lari yo‘qligini aytdilar.

Miting tashkilotchisi Vadim Cheldiyev politsiya tomonidan qo‘lga olindi va ikki oyga qamaldi. Matbuotning yozishicha, unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatish va hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatish ayblovlari bilan jinoyat ishi ochilgan. Shimoliy Osetiya poytaxti Vladikavkazda o‘tkazilgan miting ishtirokchilaridan 69 nafari qo‘lga olingan.

Rossiya muxolifati Youtube’da 28 aprel kuni onlayn miting o‘tkazadi. “Hayot uchun” deb nomlangan mitingning asosiy talabi Rossiya hukumatini koronavirus pandemiyasi paytida davlat tomonidan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, biznes uchun soliqlarni kamaytirishga va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni bekor qilishga chaqirishdir.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni deyarli 53 ming kiishga yetdi. 456 odam vafot etdi.

Jahonda koronavirusga chalinganlar soni ikki yarim milliondan ortib ketdi. Bemorlardan 175 minggi olamdan o‘tdi.

XS
SM
MD
LG