Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:17

KARANTIN: "Qirg‘izistondaman, ikki bolam (2 va 5 yosh) O‘zbekistonda yolg‘iz qolib ketdi"


Qirg‘izistonlik kelinchak Zilola Pakirdin qizi ikki o‘g‘li bilan, fevral, 2020
Qirg‘izistonlik kelinchak Zilola Pakirdin qizi ikki o‘g‘li bilan, fevral, 2020

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidan O‘zbekistonning Andijon viloyatiga kelin bo‘lib tushgan 30 yashar Zilola Pakirdin qizi qarovsiz qolgan ikki yosh bolasiga yetisholmay azob chekmoqda.

Yoshgina onaning Ozodlikka aytishicha, hanuz Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgani uchun, qo‘lidagi pasportiga kirdi-chiqdi tamg‘asini bostiraman, deb qo‘shni davlatga o‘tib, chegaraning u yog‘ida qolib ketgan.

Xorijga chiqish pasporti bo‘lmagani uchun onasi olib ketolmagan ikki bola esa shu kunda Andijon viloyatidagi uyida yolg‘iz - qo‘shnilar qarovi ostida qolmoqda.

OzodMikrofon rukniga bog‘langan Zilolaning hikoya qilishicha, u har ikki oyda bir - 60 kunlik muddat to‘lganida, chegaradan chiqib-kirishi lozim:

- 10 yil muqaddam kelin bo‘lib tushganman. Qo‘limda Qirg‘iziston pasporti bo‘lgani uchun har 60 kunda kirdi-chiqdi pechat bostirgani chegaraga majbur boraman. Bu safar ham ikki bolamni qo‘shnimga qoldirib, 15 mart kuni chegaradan chiqdim. Qaytib kirishga ulgurmaganim uchun, 16 mart kuni kelsam - chegaralar yopiq. Shundan beri qancha harakat qildim - lekin O‘zbekistonga o‘tolmadim.

Zilola Pakirdin qizi bir necha bor chegaraga qaytib borgani, ammo o‘tishga ruxsat ololmaganini aytadi.

Aytishicha, turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlagani ketgan. Uning biri 2 yashar, yana biri 5 yashar bo‘lgan ikki o‘g‘li esa yon qo‘shnisining qarovi ostida qolmoqda:

- Doim qarab turadigan bir qo‘shnimga tashlab kelgandim. Chegara yaqin bo‘lgani uchun har safar tezgina borib-kelardim. Bu safar karantinga tushib qoldim. Qo‘shnim bolalarni kechasi o‘z uyida olib yotibdi, kunduzi bolalar uyga chiqishyapti. 16 martdan beri yolg‘iz - iltimos, tezroq O‘zbekistonga qaytishimga yordam beringlar!

Quyida bu ayol bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

КАРАНТИН: "Мен Қирғизистонда, икки болам (2 ва 5 яшар) Ўзбекистонда ёлғиз қолиб кетди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк


Ozodlik bu ayol murojaati yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh olishga urinmoqda!

O‘zbekiston COVID-19 infeksiyasining mamlakatga kirishi va yoyilishi oldini olish maqsadida, 2020 yilning 16 martidan qo‘shni davlatlar bilan chegaralarini yopgan.

Chegara yopilganidan so‘ng, qo‘shni davlatlardan kira olmagan yuzlab vatandoshlardan Ozodlikka murojaatlar keldi.

Tashqi ishlar vazirligi, mart oyi oxiriga kelib, bu fuqarolarning kattagina qismi O‘zbekistonga kiritilgani va karantinga olinganini xabar qilgan edi. Chegaradan kiritilganlar Andijon viloyatida 14 kun karantinda saqlandi va hech biridan koronavirus infeksiyasi aniqlamagach, uylariga qaytarilgani xabar qilingan.

Quyida COVID-19 infeksiyasining O‘zbekistonga kirishi va yoyilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG