Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:27

O‘zbeklarning katta avlodi sevgan aktyor Rishi Kapur olamdan o‘tdi


Rishi Kapur turmush o‘rtog‘i¸ aktrisa Nitu Singh bilan.
Rishi Kapur turmush o‘rtog‘i¸ aktrisa Nitu Singh bilan.

Afsonaviy hind aktyori va rejissyori Raj Kapurning o‘g‘illaridan biri, Bollivud aktyori va prodyuseri Rishi Kapur 67 yoshda vafot etdi.

Rishining otasi Raj Kapur hind kinosi asoschilaridan biridir.
Rishining otasi Raj Kapur hind kinosi asoschilaridan biridir.

O‘zbekistonlik kinotasvirchi va fotosuratchi Umida Ahmedova Ozodlik bilan suhbatda “Rishi Kapurga o‘z paytida millionlab o‘zbek qizlari oshiq bo‘lganligini eslaydi.

"Bobbi" filmi ekranlarga chiqqanda , xamma yoqni Rishi Kapur portretlari bosib ketgan edi. Student qizlarning xonasida albatta Rishi Kapur surati to‘rda ilib qo‘yilardi. Ko‘chalarda "Ma shair tu naxi" degan qo‘shiq yangrab turardi. Esimda , Toshkentda Osiyo¸ Afrika va Lotin Amerika filmlari festivali o‘tayotgan "O‘zbekiston" mexmonxonasi oldida bir qiz o‘zining suratini ko‘tarib Rishi Kapurni kutib o‘tirgan edi. Portretiga "Rishiga Sanobardan" deb yozib qo‘yilgandi. Rosa kulgan edik. Alvido Rishi!"

1973 yili Rishi Kapur bosh rolni o‘ynagan “Bobbi” filmini tomosha qilgan o‘zbekistonlik faol Farida Sharifning tarmoqda yozishicha¸ zohiran chuchmal ko‘ringan bu film aslida ijtimoiy totuvlik haqida bo‘lgan:

Mana sizga xind kinosining ijtimoiy mavzuni qanday yaratganiga misol. Qiz nasroniy va kambag‘al oiladan. Uning sevgilisi induizm diniga e’tiqod qiladigan badavlat oila vakili. Filmda esa musulmon shoirining g‘azallari yangraydi. Bular ikki turli e’tiqod va tabaqa mansubi bo‘lmagani uchun ham birga bo‘lmasligi kerak edi. Ammo kinoda sevgi g‘olib chiqadi".

Bundan 12 yil avval “Bobbi” filmi haqida “Chodirxayol” dasturida bir lavha qilgan edim. Bu lavhadagi mavzu filmdagi bosh qahramon rolini o‘ynagan Rishi Kapur o‘lgan kuni yana dolzarb bo‘ldi.

Kapurlar oilasi aks etgan poster
Kapurlar oilasi aks etgan poster

Onamni yig‘latgan Rishi

1973 yilda Raj Kapur suratga olgan “Bobbi” filmi o‘zbek ekranlariga ham chiqarildi. Uyimiz yonidagi “Kosmos” nomli usti ochiq kinoteatrda ota-onam bilan birgalashib bu kinoni ko‘rgani bordik.

Ota-onam kino ko‘rishar, men esa yog‘och skameyka tagida ukalarim bilan o‘ynab o‘tirardim. Yomg‘ir tomchilagandek bo‘ldi. Qarasam onam tinimsiz yig‘layapti. Ikkita xodaga tortilgan ulkan surp ekranda esa xushro‘y bir yigit Rishi Kapur “Main Shayar to nahin” (Men shoir emasman aslo) deya qo‘shiq aytayotgan edi.

Filmda o‘ta boy oilaning farzandi o‘rtahol oiladan chiqqan qizga oshiq bo‘ladi. Ota-ona nikohga rozi bo‘lmaydi. Iztirobli to‘qnashuvlardan so‘ng film baxtli bir yakun topadi.

Kinoning bor-yo‘q mazmuni shundan iborat. Ammo bu kino ichiga qanday sinoat ko‘milibdiki, yoshu qarini birday hayajonga soldi. Garchi hind kinolarida bo‘sa taqiqlangan bo‘lsa-da, ikki yoshning bir-biriga yaqinlashish sahnasi o‘spirin bolalar miyasidan tutun chiqarar edi.

Xo‘sh, hind kinofilmlarining jozibasi nimada? Nega hind filmlari o‘zbek tomoshabinlarining sevimli ermagi bo‘lib qolmoqda? "Bobbi" haqidagi xotiralarimdan tug‘ilgan bu savol atrofida o‘shanda o‘zbekistonlik taniqli teatr va kino arbobi Afzal Rafiqov bilan suhbatlashgan edim.

XS
SM
MD
LG