Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:46

Karantinda ishini yo‘qotgan va majburiy ta’tilga chiqarilganlar ovqatga ham puli qolmaganini aytmoqda


O‘zbekistonda oylikka ishlab kelganlar ovqatga puli qolmayotganini aytayotgan bir paytda¸ karantin davrida kambag‘allarning nihoyatda qashshoqlashgani kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda oylikka ishlab kelganlar ovqatga puli qolmayotganini aytayotgan bir paytda¸ karantin davrida kambag‘allarning nihoyatda qashshoqlashgani kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish choralari joriy qilinganidan 1,5 oy o‘tib, ishsiz qolganlar vaziyati keskinlashayotganiga oid xabarlar kelmoqda.

Karantin bois ishdan bo‘shatilganlar, o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilganlar, kunligini kunda topadiganlar Ozodlikka bog‘lanib¸ o‘zlarining hatto oziq-ovqatga puli qolmaganini aytmoqda.

Bundaylar kam ta’minlanganlarning mahallalarda tuzilgan maxsus ro‘yxatiga kirmagani bois xayriya oziq-ovqatlaridan ham mahrum qolmoqda.

Ayni paytda rasmiylar ishsizlarni vaqtincha ish bilan ta’minlab, ularga moddiy ko‘mak berilayotganini iddao qilyapti.

“Bolalarimni faqat makaron va kartoshka bilan boqyapman”

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkentdagi bo‘limlaridan birida ishlovchi yigit bir oydan beri o‘z hisobidan ta’tilda o‘tirganlardan biri.

Ishdan haydalish xavfi sabab anonim qolishni so‘ragan bu yigitning 30 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, puli yo‘qligi bois bolalarini faqat makaron va kartoshka bilan boqyapti:

“Bizni 30 mart kuni majburlab ariza yozdirib, o‘z hisobimizdan 1 oylik ta’tilga chiqarishdi. 4 kun oldin yana ta’tilimizni 1 oyga cho‘zdirish haqida ariza yozdik. Ariza yozmaganlarga “ishdan bo‘shaysan”, deb tahdid qilishdi. Martdan qolgan oylikning 1 million 400 ming so‘mini aprel boshida oldik. Shu pul bilan 1 oy qanday yashash mumkin? Oilada yolg‘iz boquvchiman. Kecha qo‘shnimdan 200 ming so‘m qarz oldim.

Hamkasbim bolalarini boqa olmayotganini aytib, rosa yig‘ladi

Bu pulga makaron, kartoshka va yog‘ oldim. Bir kun faqat makaronni o‘zini qaynatamiz. Ertasiga kartoshka qo‘shib qovuramiz. Har kun shu ahvol. Viloyatdan kelib ishlayotgan hamkasblarimdan biri bolalarini boqa olmayotganini aytib, rosa yig‘ladi. Uni qarz oladigan tanish-bilishi ham yo‘q bu yerda”.

Ozodlikka mamlakatdagi boshqa mibchilardan ham shu mazmundagi xabarlar kelgan:

“Bolalarimning kashasiga pul yo‘q”

Karantin boshlanguniga qadar Urganchdagi firmalardan birida ishlagan xorazmlik 29 yashar Doniyor hozirda ishsizlar ro‘yxatida. Doniyor ham ishsizlik sabab oilasini boqish muammosiga duch kelganini aytadi:

“Ikki bolam bor. Biri 1,5 yosh, ikkinchisi 2 oylik. Yana ikki ukam bor. Onam ishlamaydi. Oilada 10 kishi bobomning pensiya puliga yashayapmiz.

10 kishi bobomning pensiya puliga yashayapmiz

Eng qiyini bolalarimning kashasi va pampersi. Haftasiga 100 ming so‘mdan ikkita kasha olamiz. Kuniga 5-6 ta pampers ketadi, bu ham 14 ming so‘m pul bo‘ladi. Do‘konchining qarz daftari bor. Men kabilar do‘kondan qarzga olyapmiz hamma narsani. Mahalladan yordam so‘rasak, hech qanday natija yo‘q, hatto 2 yoshgacha beriladigan “bola puli”ni ham bermayapti”.

“Bolalardan qolgan ovqatni eyapmiz”

Buxorodagi suvenir sotadigan do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlagan Anvar ham karantin sabab uyida ishsiz o‘tiribdi.

“Do‘kon bitta firmaga qaraydi. Firma shaharning bir nechta joyida suvenir do‘konlari ochgan. Suvenirlarimizni asosan, xorijlik turistlar oladi. Karantin tugaganidan keyin turistlar yopirilib kelmasligi ma’lum.

Kuniga o‘lmaslik uchun nomiga ovqatlanyapmiz

Shunga firma xo‘jayini “Arenda puli qimmat, men sizlarga pul bera olmayman, bo‘shab ketaveringlar”, dedi. Oilamni faqat oylikka boqqanman. Endi nima qilishni bilmayapman. Tanishimdan qarz olib, xarajat qildim. Lekin erta-indin bu xarajat tugasa, nima qilaman? Kuniga o‘lmaslik uchun nomiga ovqatlanyapmiz. Er-xotin ikkimiz bolalar to‘yganidan keyin qolgan ovqatni eyapmiz”.

Kunligini kunda topadiganlar oilasidagi vaziyat esa, bundan ham yomonroq ahvolda. Bundaylardan Ozodlikka yordam so‘rab¸ kuniga o‘nlab murojaatlar kelmoqda.

Rasmiylar iddaosi: Ishsizlarni tashlab qo‘ymayapmiz!

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 30 aprel kuni Ozodlik bog‘langan mulozimi karantin sabab ishsiz qolganlar to‘la hukumat nazoratiga olinganini ta’kidladi.

“Xabaringiz bor, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari

121 mingdan ortiq fuqaroga ish berildi

jamg‘armasiga 200 milliard so‘m ajratdi. Bu mablag‘ asosan ishsizlar muammolarini hal qilishga sarflanmoqda. Aprel oyining o‘zida 121 mingdan ortiq fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Yana tomorqasi borlarga subsidiya taqdim etilyapti. Hozir pilla mavsumi, ishsiz ayollar pillaboqarlikka jalb qilinyapti. Banklar aholi uchun past stavkada mikroqarzlar ajratyapti. Masalan, Mikrokreditbank onlayn mikroqarzlarining foizini 8 stavkaga kamaytirgan holda taklif qilyapti. Keyin “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ishsizlar oilalariga oziq-ovqatlar tarqatilyapti”, dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmaslikni so‘ragan vazirlik mulozimi.

“Ishsizlarga ko‘mak xo‘jako‘rsinga qilinyapti”

Ishsiz o‘tirgan toshkentlik MIB xodimi hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ishsizlarga ko‘mak kampaniyasi xo‘jako‘rsinlik uchun qilinyapti, degan fikrda.

“Birgina misol, Toshkent MIB boshqarmasining Telegramdagi sahifasiga kirsangiz, o‘z hisobidan ta’tilda ishsiz o‘tirgan

Biror mibchi hali hech qanday ko‘rinishda yordam olmadi.

xodimlar oilalariga yordam berilayotgani haqida fotolar bor. 1-2 xodimga yordam berib, hammaga yordam beryapmiz, deb aldashyapti. Fotolar faqat otchyot uchun qilingan. Men bilgan, tanigan biror mibchi hali hech qanday ko‘rinishda yordam olmadi”.

SizdanTelegramga bo‘layotgan o‘nlab murojaatlarda esa ishsiz o‘tirganlar xayriya yordamlaridan quruq qolayotgani aytilgan.

Global muammo: Hukumatlar pandemiya sabab bo‘lgan iqtisodiy falajlikni yengillatish uchun kurashmoqda

O‘zbekistonda koronavirus sabab ishsiz qolganning aniq soni ma’lum emas. Bu borada hukumat biror raqam e’lon qilganicha yo‘q.

Ayni paytda dunyo mamlakatlari pandemiya sabab ishsizlik darajasi keskin oshib ketganini ma’lum qilyapti.

Hindistonda koronavirus sabab qariyb 140 million kishi ishidan ayrildi.

AQShda koronavirus oqibatida ishsiz qolganlar soni 26,5 million kishiga yetdi.

Koronavirus oqibatida Rossiyada 6 milliondan 9 milliongacha fuqaro ishsiz qolishi mumkinligi aytildi.

Aksar hukumatlar ishsiz qolgan aholini qutqarish uchun kurash choralarini yo‘lga qo‘ydi.

Jumladan, AQSh iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 2¸2 trillion dollar ajratish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Mazkur qonunda, o‘rtachadan kam daromad topadigan odamlarga 1000 dollardan, har bir bolaga 500 dollardan moddiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ham jami 1 trillion dollarlik iqtisodiy yordam paketlari ajratdi.

Ҳукуматлар пандемия сабаб бўлган иқтисодий фалажликни енгиллатиш учун сафарбарлик эълон қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:46 0:00

XS
SM
MD
LG