Линклар

Шошилинч хабар
08 июл 2020, Тошкент вақти: 14:39

"Qizil, sariq, yashil" hududlar belgilandi. Nimalarga ruxsat berildi va nimalar taqiqlandi?


Qizil, sariq va yashil hududlarda karantin choralari 8 maydan boshlab yumshatib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasi karantin cheklovlari darajasi bo‘yicha hududlarni qizil, sariq va yashilga ajratdi. 8 maydan boshlab mazkur uchta toifaga kiruvchi hududlarda karantin choralari bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Navoiy viloyati, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari yashil hudud deb hisoblanadi.

Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari sariq hudud qilib belgilandi.

Respublikaning qolgan barcha viloyatlari va Qoraqolpog‘iston Respublikasi “qizil” hudud deb e’tirof etildi.

“Qizil” hududlarda nimalarga ruxsat beriladi?

So‘nggi 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari “qizil” hudud hisoblanadi. Mazkur hududlarda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi va vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

“Qizil” hududlarda quyidagi faoliyatga ruxsat beriladi:

oziq-ovqat savdo do‘konlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo do‘konlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik sexlari, tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalari (kassalari), kimyoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sug‘urta tashkilotlari, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korxonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (yetkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, joylarga yetkazish va sotish, urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish;

ob’yektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va ta’mirlash ishlari, yetkazib berish xizmati;

ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish.

“Sariq” hududlarda gul sotishga ham ruxsat berildi

So‘nggi 14 kun davomida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq virus yuqqan va undan davolanayotganlar mavjud bo‘lgan hududlar. Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri “sariq” hudud qilib belgilangan.

Mazkur hududda “qizil” toifadagi hududlarda ruxsat berilgan faoliyatga qo‘shimcha tarzda yana quyidagilarga ruxsat beriladi:

nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;

avtomashinalar yuvish shahobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;

hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;

yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.

“Yashil” hududlarda istirohat bog‘lari ham ishlaydi

Koronavirus aniqlanmagan yoki koronavirusga chalingan bemorlar to‘liq sog‘aygan Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari “yashil” hudud sifatida belgilandi.

“Yashil” hududlarda “qizil” va “sariq” hududlarda ruxsat berilgan faoliyatdan tashqari yana qo‘shimcha ravishda park va istirohat bog‘lari faoliyatiga ruxsat beriladi. Lekin attraksion va ko‘ngilochar ob’yektlar faoliyati taqiqlanadi.

Avtotransport vositalarining stikersiz, shuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanishiga “yashil” hududlarda ruxsat beriladi. “Sariq” va “qizil” hududlarda avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishi mumkin.

Barcha hududlar uchun saqlanib qolinadigan talablar

2 metr qilib belgilangan ijtimoiy masofani saqlash, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;

ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari, ko‘ngilochar ob’yektlar, buyum bozorlari faoliyati va jamoat transporti harakatini yo‘lga qo‘ymaslik;

barcha turdagi ommaviy tadbirlar, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10−15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 °C va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik;

barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;

qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’yektlar hududini to‘liq karantinga olish va ularda sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish.

XS
SM
MD
LG