Линклар

Шошилинч хабар
29 октябр 2020, Тошкент вақти: 17:13

Turkmaniston koronavirus yo‘qligini aytmoqda, biroq JSST tekshiruvini istamayapti


Turkmaniston mamlakatda koronavirus yuqtirganlik holatlari borligini inkor qilmoqda (arxiv surati).

Turkmaniston o‘zida koronavirus yo‘qligini iddao qilmoqda, lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JSST mutaxassislarining mamlakatga kelib vaziyatni o‘rganishini istamayapti.

Turkmaniston hukumati hech qachon hafsalani pir qilishdan charchamaydi, uning keyingi xatti-harakati ham buning yana bir isbotidir.

Hukumat 20 yildan oshiq vaqtdan beri o‘zining BMT e’tirof etgan betaraf mamlakat maqomini targ‘ib qilishdan tinmaydi.

Bu bilan u o‘zini tashqi dunyodan “yakkalaydi” va hokimiyat idoralari mavjud deb iddao qilayotgan uyg‘unlikni saqlaydi go‘yo.

Yorqin misol: Turkmaniston hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirganlik holatlari yo‘qligini aytmoqda.

Koronavirus yo‘q degan iddao ko‘p tomonlar, jumladan, vaziyatni o‘rganish uchun u yerga delegatsiya yuborishni istagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) uchun ham qiziq.

Turkmanistonda koronavirus xavfiga qaramay ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Turkmanistonda koronavirus xavfiga qaramay ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

JSST delegatsiyasi Tojikistonda bo‘lib turibdi, lekin Ashxobod rasmiylari uning mamlakatga kelishi oldini olish uchun har xil nayranglarni o‘ylab topmoqda.

JSST delegatsiyasining Turkmanistonga safari qoldirilishi xavotirli holdir.

Agar Ashxobod chindan ham koronavirusning mamlakatga kirishi oldini olgan bo‘lsa, Turkmaniston hokimiyati JSST delegatsiyasining bu yerga kelib, virus ustidan erishgan g‘alabasini qayd etishidan xursand bo‘lishi kerak emasmi?

Balki u yerda boshqa mamlakatlar o‘rnak olishga arziydigan ishlar
qilinayotgandir?

Bo‘lmagan gap

JSST delegatsiyasi kelishiga to‘sqinlik qilishning yana bir sababi bor.
Turkmanistonga qo‘shni barcha mamlakatlarda koronavirus yuqtirganlik holatlari qayd etilgan.

29 aprelgacha yana Tojikistonda ham bunaqa holatlar qayd etilmagani iddao qilinib kelayotgan edi.

29 aprelda 15 ta koronavirus yuqtirgan kishi aniqlangan bo‘lsa, 7 mayga kelib, bu ko‘rsatkich 500 taga yaqinlashib qoldi.

Ko‘pchilik Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar oldin ham bo‘lganini, rasmiylar COVID-19 yuqtirganlar va o‘lim holatlarini boshqa kasallik, masalan, "zotiljam deb ko‘rsatasan" deb vrachlarga buyruq berganini aytmoqda.

Turkmanistondagi ahvol ham shunday, chunki fevraldan beri u yerda
zotiljamdan o‘layotgan bemorlar soni juda ko‘payib ketdi.

Mabodo JSST delegatsiyasi Turkmanistonga borishiga ruxsat berilsa, ular ushbu mamlakat sharqidagi Lebap viloyatida tashkil qilingan karantin zonasini borib ko‘rishni talab qilishi aniq.

23 aprelda JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Hans Kluge Tvitterda Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari JSST delegatsiyasi ushbu mamlakatlarga borishiga qarshi emasligini yozgandan so‘ng Lebap viloyati rasmiylari karantin zonasidagi bemorlarni boshqa joyga ko‘chirish taraddudiga tushib qoldi.

Ayrim xabarlarga qaraganda, o‘sha karantin zonasidagi 7 kishi koronavirus yuqtirib olgan.

27 aprelda Turkmaniston sharqida ro‘y bergan kuchli shamol aholi punktlariga qattiq shikast yetkazdi, lekin rasmiy Ashxobod bu haqda hech qanday xabar tarqatmadi.

“Azatlik” radiosi o‘sha qattiq shamol vaqtida kamida 30 kishi
halok bo‘lganini ma’lum qildi. Lekin hokimiyat idoralari ushbu falokatdan zarar ko‘rgan minglab oilalarga hech qanday yordam bermayapti.

JSSTning gumon qilingan joylarga borishni talab qilish vakolati yo‘q.

Har bir hukumat ushbu tashkilot bilan hamkorlik darajasini o‘zi belgilaydi.

JSSTning Turkmanistondagi vakili Paulina Karvovska may oyi boshida Lebap viloyatidagi karantin zonalarini borib ko‘rdi.

Biz Turkmaniston sog‘liq saqlash idoralarining koronavirus yuqtirganlik holatlari haqida xabar berishini kutyapmiz.

‒ Biz Turkmaniston sog‘liq saqlash idoralarining koronavirus yuqtirganlik holatlari haqida xabar berishini kutyapmiz, ammo hozirga qadar biror virus yuqtirganlik holati haqida bizga hech qanday ma’lumot berilmadi, ‒ dedi u.

Turkmaniston hukumati haligacha JSST delegatsiyasiga mamlakatga tashrif buyurish uchuun taklifnoma yubormay turibdi.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Kluge Rossiyaning Rospotrebnadzor tashkiloti rahbari Anna Popovadan Tojikiston va Turkmanistonga mutaxassislarini yuborishni iltimos etgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG