Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:25

Amnesty International: Suriya hukumati kuchlarining Rossiya qo‘shini bilan hujumlari “harbiy jinoyatlaridir”


Suriyaning “Oq dubulg‘alar” ko‘ngillilar guruhi hukumatning Ariha shahriga havo hujumi uyushtirgani xabar qilingandan so‘ng xarobalar orasidan chiqarib olgan jasadni ko‘tarib ketmoqda. Ariha “Amnesty”ning hisobotida keltirilgan joylardin biridir. (Ozodlik arxividan)
Suriyaning “Oq dubulg‘alar” ko‘ngillilar guruhi hukumatning Ariha shahriga havo hujumi uyushtirgani xabar qilingandan so‘ng xarobalar orasidan chiqarib olgan jasadni ko‘tarib ketmoqda. Ariha “Amnesty”ning hisobotida keltirilgan joylardin biridir. (Ozodlik arxividan)

Amnesty International Suriya shimoli-g‘arbida mamlakat hukumati bilan Rossiya qo‘shinlari so‘nggi bir yil davomida amalga oshirgan 18 ta hujumni rasman qayd etganini ma’lum qildi. Xalqaro tashkilot bu hujumlarni harbiy jinoyatlariga tenglashtirdi

Inson huquqi himoyasi tashkilotining 10 mayda e’lon qilingan hisobotida bildirilishicha, Idlibda yoki isyonchilar istehkomiga yaqin hududlardagi tibbiy muassasalar va maktablarga 2019 yil mayidan 2020 yil fevraligacha 18 ta hujumni yo Suriya hukumati va yoki uning ittifoqchisi uyushtirgan.

“Amnesty International” bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu hujumlar halqaro huquq me’yorlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

“Ushbu qonunbuzarliklar harbiy jinoyatlarga tengdir”, deyiladi hisobotda.

Ular sirasiga uch marta yerdan va ikki marta Suriya hukumat qo‘shinlarining yonilg‘i to‘ldirilgan bochkalar bilan uyushtirgan hujumlari kiradi. Qolgan 13 ta hujum ikki marta Suriya qo‘shinlari, 7 marta Rossiya qo‘shshinlari va 4 marta Suriya yoki Rossiya qo‘shinlarining havodan bergan zarbalaridan iborat.

Hisobotga ko‘ra, aksariyat hujumlar 2020 yil yanvar va fevralida uyushtirilgan. “Amnesty International” ma’lum qilishicha, so‘nggi hujum “Suriyaning shimoli-g‘arbida muxolifat qo‘l ostidagi tumanlarda yashovchi tinch aholini dahshatli ahvolga solib qo‘ygan”.

Dekabrdan beri 500 dan oshiq tinch aholi o‘ldirildi va 1 milliondan ortiq kishi yashab turgan joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Hukumatga muxolif guruhlar nazorat qilib turgan so‘nggi hududdagi vaziyat 2019 yil aprelida keskinlasha boshlagan edi. Garchi mart boshidan beri koronavirus sabab o‘t ochishni to‘xtatishga, asosan, amal qilinayotgan bo‘lsa-da, yuz minglab kishilar uylariga qayta olmayapti va yordamga muhtojligicha qolmoqda.

Hisobotda rasman qayd etilishicha, 29 yanvarda Rossiya Ariha shahriga havodan bergan zarba oqibatida 2 ta turarjoy yer bilan bitta qilingan va 11 kishi nobud bo‘lgan. 25 fevralda esa Suriya qo‘shinlari Idlib shahridagi maktabga kassetali snaryadlar bilan hujum qilgan va 3 kishi halok bo‘lgan.

Suriyadagi 2011 yilda boshlangan urush vaqtida 380 ming kishi qurbon bo‘ldi va millionlab kishilar yashab turgan joyini tashlab ketdi.

“Amnesty International”ning xulosalari 2020 yil yanvaridan apreligacha masofadan turib olib borgan tadqiqotlariga asoslanadi.

XS
SM
MD
LG