Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:05

Andijonda tinch aholiga "nomutanosib" o‘q uzilgani tan olindi. Navbatdagi qadam qanday bo‘lishi kerak?


O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 2005 yil 13 mayda Andijonda hukumat qurolli kuchlari tinch aholiga o‘q uzganini tan oldi.

Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishi qatnashchilari navbatdagi qadam sifatida “mustaqil tekshiruv” o‘tkazish lozimligini urg‘ulashdi.

Eshittirishda qatnashgan Andijon fojiasi haqidagi film muallifi Shohida Yoqub Svetlana Ortiqovaning bu e’tirofini “kutilmagan va olqishga loyiq” deb baholadi.

Eshittirishda 2005 yilda Andijon fojiasini yoritgan jurnalistlar G‘afurjon Yo‘ldoshev¸ Nosir Zokir va Sadriddin Ashurlar qatnashdi.

Мулозим Андижон қирғинида ҳукумат қўли борлигини тан олди.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:47:27 0:00
Бевосита линк


Shu paytgacha hukumat rasmiylari Andijonda tinch namoyishchilar qurolli jangarilar tomonidan o‘ldirilgani aytib kelishgan.

Biroq, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova kuni kecha Andijonda aholiga qarshi nomutanosib qurol ishlatilganini tan oldi.

2005 yil 13 may kuni Andijondagi noroziliklar payti rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 187 kishi halok bo‘lgan edi.

Voqea guvohlariga tayangan “Qurultoy” ishtirokchilari esa, hukumat kuchlari tinch namoyishchilarni o‘qqa tutishi oqibatida kamida ming kishi halok bo‘lganini aytishdi.

XS
SM
MD
LG