Линклар

Шошилинч хабар
15 июл 2020, Тошкент вақти: 16:30

O‘zbekiston hududida bir asr oldin olingan rangli suratlar


Prokudin-Gorskiy Rossiya imperiyasini rangli suratga tushirishni boshlashdan oldin Markaziy Osiyo xalqlarining bir asr oldingi hayotini suratlarda aks ettirgan.

Rossiya imperatori tomonidan imperiyani rangli suratga olish vazifasi topshirilishidan bir necha yil oldin ximik Prokudin-Gorskiy bugungi O‘zbekiston hududiga quyosh tutilishini kuzatish va uni suratga olish uchun yo‘l oldi.

Sergey Prokudin-Gorskiy (chapdan ikkinchi) Tyanshan tog‘lari ustida quyosh tutilishini kuzatish uchun bulut tarqashini kutmoqda. 1 yanvar 1907 yil
Sergey Prokudin-Gorskiy (chapdan ikkinchi) Tyanshan tog‘lari ustida quyosh tutilishini kuzatish uchun bulut tarqashini kutmoqda. 1 yanvar 1907 yil

Bir necha hafta davom etgan ekspeditsiya bulutli havo tufayli o‘z asosiy maqsadiga erisha olmadi, ammo sayohat bekorga ketmadi. Prokudin-Gorskiy o‘zining rangli suratlar olishga imkon beruvchi Germaniyada ishlab chiqarilgan fotoapparati bilan ko‘zdan pana ko‘chalarni, Buxoro va Samarqandning ko‘hna markazlarini suratga oldi. Bu suratlar oldingi olingan suratlarga o‘xshamasligi bilan farq qilar edi.

Yog‘ochni po‘stlog‘idan tozalayotgan samarqandlik duradgor
Yog‘ochni po‘stlog‘idan tozalayotgan samarqandlik duradgor

Buxoro chekkasidagi Bahouddin Naqshband me’moriy yodgorligi ichidagi maqbara.
Buxoro chekkasidagi Bahouddin Naqshband me’moriy yodgorligi ichidagi maqbara.

Samarqanddagi ovqatlanish joylaridan birida shashlik pishirayotgan odam.
Samarqanddagi ovqatlanish joylaridan birida shashlik pishirayotgan odam.

Qish quyoshidan bahra olayotgan mahalliy aholi vakillari.
Qish quyoshidan bahra olayotgan mahalliy aholi vakillari.

Samarqanddagi madrasa oldida suratga tushish jarayoni.
Samarqanddagi madrasa oldida suratga tushish jarayoni.

Gorskiy rangli suratga olishning oldingi metodlarini takomillashtirdi. Unda uchta surat bo‘lishi talab etiladi va har bir surat rangli filtrlar yordamida suratga olinadi. Bu uchta surat birlashtirilib qizil, yashil va ko‘k rangda yoritilganida rangli suratni chiqarish mumkin.

Samarqand markazining Registon maydoni ustidan ko‘rinishi.
Samarqand markazining Registon maydoni ustidan ko‘rinishi.

Etnik tojiklarga o‘xshab kiyingan samarqandlik qariya.
Etnik tojiklarga o‘xshab kiyingan samarqandlik qariya.

Paranji yopingan samarqandlik ayol uyi oldida.
Paranji yopingan samarqandlik ayol uyi oldida.

Prokudin-Gorskiy Rossiya imperiyasining bir bo‘lagi bo‘lgan hozirgi O‘zbekistonga uch marta sayohat qilgan.

Samarqandda tibbiyot mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilar.
Samarqandda tibbiyot mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilar.

Samarqand markazidagi mahalliy aholi vakillari.
Samarqand markazidagi mahalliy aholi vakillari.

Prokudin-Gorskiyning birinchi sayohati 1907 yilda quyosh tutilishini kuzatish va suratga olish uchun amalga oshirilgan. Ikkinchi va uchinchi sayohatlarini imperatordan Rossiya imperiyasini suratga olish topshirig‘i bo‘lganidan keyin 1911 yilda amalga oshirgan.

Buxoro amiri saroyi oldida.
Buxoro amiri saroyi oldida.

Prokudin-Gorskiy Markaziy Osiyoda olgan 200dan ortiq suratlarni qachon olgani noma’lum, ammo hukumat binolariga kirish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinishini inobatga olsak, Buxoro Ichki ishlar vazirining tantanali marosim qilichi bilan tushgan suratidan kelib chiqib bunga o‘xshash suratlar 1911 yilda olingan deb taxmin qilish mumkin. Chunki o‘sha paytda suratchida imperator tomonidan berilgan xat bo‘lgan.

Paxta tegirmonida ip yigirayotgan uskunalar. Suratning Toshkentda olingani taxmin qilinadi.
Paxta tegirmonida ip yigirayotgan uskunalar. Suratning Toshkentda olingani taxmin qilinadi.

Buxoro zindonining kishanlangan ikki mahbusi.
Buxoro zindonining kishanlangan ikki mahbusi.

Surat zindondan bir necha metr uzoqda turib olingan. Bu zindonda ikki nafar Britaniya ofitseri 1842 yilda Buxoro amirining buyrug‘i bilan qatl qilinishidan oldin qiynoqqa solingan.

Buxoro zindoni ichidagi "qarzdorlar kamerasi".
Buxoro zindoni ichidagi "qarzdorlar kamerasi".

Davlatga soliq to‘lamagan ëki boshqalardan qarzi bo‘lgan buxoroliklar mana shu zindonda saqlangan, lekin ularga qarzini uzguncha tashqariga chiqib ishlab kelishga ruxsat berilgan.

Buxoro amiri saroyi ichidagi binolardan biri.
Buxoro amiri saroyi ichidagi binolardan biri.

Mahalliy tarixchining Ozodlikka aytishicha, bino 1920 yilgi Sovet okkupatsiyasi davrida vayron qilingan.

Shohi Zinda.
Shohi Zinda.

1917 yilgi Bolsheviklar inqilobidan keyin Prokudin-Gorskiy Rossiyadan qochib Parijga joylashdi. 1944 yilda u vafot etganidan keyin AQSh Kongress Kutubxonasi suratchining qarindoshlaridan 1902 suratni sotib oldi. Ulardan 200dan ortig‘i Markaziy Osiyoda olingan.

XS
SM
MD
LG