Линклар

Шошилинч хабар
11 июл 2020, Тошкент вақти: 00:43

Andijonda hokimlik buyurtmasi bilan uy qurgan ustalar 9 oydan buyon ish haqini ololmayapti


Ustalar Xonobod shahrida fermerlarga uy qurmoqda. 2019 yilgi rasm.

Andijon viloyat, Xonobod shahrida fermerlar uchun dala hovli qurib bergan ustalar Andijon tuman hokimligi va’da qilgan 40 million so‘mdan ortiq ish haqini ololmayapti.

Bu haqda Ozodlikka arz qilgan jalaquduqlik ustaboshi Sarvarbek Yulchiyevning aytishicha, Andijon tuman hokimi o‘rinbosari Doniyor Abdurashidov ustalarga og‘zaki shartnoma bo‘yicha va’da qilingan pulni bermagan va bu ish haqini uylari qurilgan fermerlardan undirishni maslahat bergan.

Ustaboshining viloyat hokimligi va Bosh prokurtaturaga qilgan shikoyatlari natijasiz qolyapti.

Andijon tuman hokimi o‘rinbosari Doniyor Abdurashidov Ozodlik bilan gaplashishni istamay, telefonini o‘chirib qo‘ydi.

Jalaquduq tumanining Teshiktosh qishlog‘ida yashaydigan 37 yashar ustaboshi Sarvarbek Yulchiyevning aytishicha, ular Xonobod shahrida Andijon tumanilik fermerlarga qurib bergan dala hovlilar uchun to‘qqiz oydan buyon ish haqini ololmaydi:

O‘zimiz adirni tekislatib noldan boshlab uy qurdik.


- Xonobod shahrida dala hovli qurgan edik. Hokimiyatlarga bo‘lib bergan edi. Andijon tuman hokimining qurilish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Doniyor Abdurashidov bilan og‘zaki shartnoma qilgan edik. O‘zimiz adirni tekislatib noldan boshlab uy qurdik. 2019 yilning yoz oylarida ishladik. Lekin oxirida 36 million 800 ming so‘m pulimizni bermadi. Keyin viloyat prokuraturasiga arz qilsak, ular arzimizni qabul qilmadi, sudga boringlar dedi. Viloyat hokimiga, Bosh prokuraturaga arz qildik, hech kim yordam bermadi.

Ustalarning aytishicha ular ishni yerni tekislab, poydevor qo‘yishdan boshlagan.. 2019 yilgi rasm.
Ustalarning aytishicha ular ishni yerni tekislab, poydevor qo‘yishdan boshlagan.. 2019 yilgi rasm.

Ustaboshining aytishicha, uy qurilishida ularga hech qanday texnik yordam ham berilmagan:

Bundan tashqari tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning dachasini qurishda ham ishladik.


- O‘zimiz buldozer, ekskkavator olib kelib yerlarni tekislatganmiz, hammasini o‘zimiz qilganmiz. Olib kelgan materiallari tugab qolganda, olib beringlar desak, o‘sha yerdan nasiyaga olib turinglar, borganda beramiz deyishgan. Men u-bu materialni nasiyaga olaverganman. Keyin hamma joydan qarz bo‘lib ketdim. Qurilish tugayapti ham pulning qolgan qismi yo‘q. Keyin material ham yo‘q, pul ham yo‘q, tashlab chiqib ketdik. Faqat otdelkasi qolgan edi. Bundan tashqari tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning dachasini qurishda ham ishladik. Uning ham 6 million so‘m qarzi bor. Hokim o‘rinbosari quruvchilik firmasi ochsang obyekt beraman deganiga u pulni arizamizga kiritmagan edik. Endi bilsak aldagan ekan.

Ustalarning yozgan arizalariga fermerga murojaat qilinglar deb javob berilgan.
Ustalarning yozgan arizalariga fermerga murojaat qilinglar deb javob berilgan.

Sarvarbek Yulchiyevning aytishicha, hokim o‘rinbosari pulni fermerlarning o‘zlaridan undirib olinglar, deb aytgan:

Bizning bitta xatomiz hokimiyat bilan yozma shartnoma qilmaganimizda, hokim o‘rinbosari lafz qildi, deb unga ishonganimizda.


- Biz siz bilan kelishganmizku, desam, men bilmayman, borib fermerlarning o‘zidan ol, deydi. Fermerlardan so‘rasak, biz pulini davno o‘tkazib qo‘yganmiz, deydi. Bizning bitta xatomiz hokimiyat bilan yozma shartnoma qilmaganimizda, hokim o‘rinbosari lafz qildi, deb unga ishonganimizda. Viloyat hokimi kelib, qilayotgan ishlarimizni ko‘rib, rahmat bu yigitlarga, qo‘y so‘yib beringlar” deb ketgan edi. To‘g‘ri qo‘y ham so‘yildi, lekin rahbarlarning o‘zlari yeb ketdi o‘sha qo‘yni ham.

Ustalar Xonobod shahrida fermerlarga uy qurmoqda. 2019 yilgi rasm.
Ustalar Xonobod shahrida fermerlarga uy qurmoqda. 2019 yilgi rasm.

Ustaboshi Andijon tumani uchun 9 ta, undan avval esa Xo‘jaobod tumanida 27 ta uy qurib berishganini qo‘shimcha qildi:

- Xo‘jaobodlik rahbarlar mard ekan. Hech bir muammosiz, aytgan vaqtida kelishgan pulimizni berdi. Bular esa qasamxo‘r ekan.

Sarvarbek Yulchiyevning aytishicha, Andijon tuman hokimligi ulardan 42 million 200 ming so‘m, shundan 6 million so‘mi tuman hokimi Ulug‘ubek Isomiddinovning dala hovlisida qilingan ishlar uchun, qarzdor.

Ustaboshi Sarvarbek Yulchiyev.
Ustaboshi Sarvarbek Yulchiyev.

Ozodlik ustaboshining iddaolariga munosabat olish uchun Andijon tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Abdurashidov bilan bog‘landi.

Hokim o‘rinbosari Ozodlik radiosidan qo‘ng‘iroq qilayotganimizni eshitishi bilanoq aloqani uzib, telefonini o‘chirib qo‘ydi.

Tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinovni topish imkoni bo‘lmadi.

Andijon tumanidagi ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan biri, Xonobod shahrida dala hovli uchun o‘tgan yili uning hisobidan majburan 45 million so‘m o‘tkazilganini tasdiqlar ekan, bunday dedi:

Bizning tumandan Xonobodgacha 70 kilometr. Shuncha joyga kim boradi u yoqqa.


“Bu ishlar ko‘zbo‘yamachilik uchun qilindi. Andijonda kam ta’minlangan oilalar uchun mana shuncha uy qurib bitkazildi, degan hisobot berish uchun. Aslida uyni tamoman qurib kalitini beramiz deyishgandi, lekin faqat devorini ko‘tarib tomini yopib berishdi, qolganini o‘zimizning hisobimizdan qildik. Ikkinchidan, bizning tumandan Xonobodgacha 70 kilometr. Hozir dala hovlida uylar bitgan, eshigiga qulf solib qo‘yganmiz. Shuncha joyga kim boradi u yoqqa. Bu uyni nima qilishimni bilmay turibman, yaxshi xaridor chiqsa sotib yuboraman”.

Andijon viloyat, Xonobod shahridagi “dala hovli”larni fermerlar sotib olishga majburlangani haqida Ozodlik 2019 yilda bir necha bor xabar bergan edi.

2019 yilning iyulida Andijon tumanidagi fermerlar bug‘doydan tushgan daromad puliga 70 kilometr uzoqlikdagi Xonobod shahridan kam ta’minlangan oilalar uchun quriladigan dala hovlilardan sotib olishga majburlangan edi.

O‘tgan yilning avgustida esa, Paxtaobod tumanidagi fermerlar tuman hokimi ularni 70 kilometr uzoqlikdagi Xonobod shahrida “dala hovli” qurishga pul bermagani uchun jazolagani haqida shikoyat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG