Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:38

Bir oilada uch o‘lim va uch majruhlikka sabab bo‘lgan Surum portlashi bo‘yicha sud boshlandi


O‘tgan yil noyabr oyida Quyichirchiqning "Surum" qishlog‘idagi xonadonlardan birida portlash ro‘y berib, bir oilaning uch a’zosi halok bo‘lgan, yana uch a’zosi, jumladan ikki go‘dak kuyish jarohati olib, bir umrga majruh bo‘lib qolgandi.
O‘tgan yil noyabr oyida Quyichirchiqning "Surum" qishlog‘idagi xonadonlardan birida portlash ro‘y berib, bir oilaning uch a’zosi halok bo‘lgan, yana uch a’zosi, jumladan ikki go‘dak kuyish jarohati olib, bir umrga majruh bo‘lib qolgandi.

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani sudida "Surum fojiasi" nomini olgan voqea yuzasidan mahkama boshlandi.

O‘tgan yil noyabr oyida Quyichirchiqning Surum qishlog‘idagi xonadonlardan birida portlash ro‘y berib, bir oilaning uch a’zosi halok bo‘lgan, yana uch a’zosi - ikki bola va ularning onasi kuyish jarohati olib, bir umrga majruh bo‘lgan edi.

Mazkur ish bo‘yicha ayblanayotgan "O‘ztransgaz" shirkatining to‘rt nafar, Quyichirchiq tumani IIBsining ikki nafar xodimi 12 iyun kuni sud zaliga olib kelindi.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining ikki yilgacha bo‘lgan qamoq ko‘zda tutilgan 207-moddasi - Mansabga sovuqqonlik bilan qarash bo‘yicha ish ochilgan.

Sudda e’lon qilingan ayblov xulosasiga ko‘ra¸ fojia shu mas’ul shaxslarning o‘z xizmat vazifasiga loqayd munosabatda bo‘lishi sabab yuz bergan.

Ozodlik ixtiyoridagi tergov hujjatlariga ko‘ra, 2019 yil 11 noyabr kuni Hulkar Pirnazarova ismli ayolning xonadonidan ellik metr naridagi gaz quyish shoxobchasiga yer ostidan tortilgan polietilen quvur teshilib, undan sizib chiqqan gaz yer osti bo‘ylab xonadonga tarqalgan. Bundan bexabar Pirnazarova oshxonada choy damlash uchun gugurt yoqqanida gaz chaqnab, portlash ro‘y bergan.

Portlash oqibatida Pirnazarovaning turmush o‘rtog‘i va qaynonasi halok bo‘lgan, to‘qqiz yashar o‘g‘li esa fojiadan ellik kun o‘tib, olgan kuyish jarohati oqibatida kasalxonada olamdan o‘tgan.

Quyichirchiq tumani mahkamasida qatnashayotgan jabrlanuvchi Hulkar Pirnazarovaning akasi Zafar Ergashev 12 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda davlat idoralari mas’ul xodimlari, quruvchilarning o‘z ishiga loqaydligi oqibatida uch qarindoshidan ayrilgani, singlisi va ikki jiyani "tirik murda" bo‘lib qolganini aytdi.

- Singlim Toshkentda 16 shahar kasalxonasida yotibdi. Yurolmaydi. Jiyanlarim ham kasalxonada. Tanalarining 75 foizi kuyib, tirik murda bo‘lib qolgan. O‘z ishiga loqayd davlat xodimlari dastidan singlim va jiyanlarim bir umr majruh bo‘lib qoldi. Men ularga maksimum jazo tayinlashlarini suddan so‘rayman.

Quyichirchiqda gaz portlashi oqibatida bir oilaning uch a’zosi nobud bo‘lgan, ikki bola va ularning onasi kuyish jarohati olgandi.
Quyichirchiqda gaz portlashi oqibatida bir oilaning uch a’zosi nobud bo‘lgan, ikki bola va ularning onasi kuyish jarohati olgandi.

Quyichirchiqdagi mahkamani kuzatayotgan "Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, sud zaliga ayblanuvchi sifatida olib kelinganlar tuman IIBsining ikki nafar uchastka noziri va "O‘ztransgaz" AJ ning to‘rt nafar xodimidir.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining ikki yilgacha bo‘lgan qamoq ko‘zda tutilgan 207-moddasi - Mansabga savuqqonlik bilan qarash bo‘yicha ish ochilgan.

- Ayblanuvchilardan ikki nafari uchastka nozirlari. Ular hibsda, sud zalida temir panjara ortida o‘tirishdi. "O‘ztransgaz" AJ ning to‘rt nafar xodimi ochiqda. Uchastka nozirlari fojiadan uch kun avval quvurdagi nosozlik haqida ma’lumot kelib tushganiga qaramay¸ borib holatni o‘rganmagan deyilyapti. "O‘ztransgaz"ning to‘rt nafar xodimi esa shu quvur qurilishiga bevosita mas’ul bo‘lgan muhandislar, - deydi Tashanov.

Ozodlik ayblanuvchi sifatida ko‘rilayotgan tomon vakillaridan izoh ololmadi.

"Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov "Surum fojiasi" bo‘yicha ko‘plab davlat tashkilotlari va xususiy shirkatlar ayblovdan chetda qolganini qo‘shimcha qiladi.

- Gaz quyish shoxobchasini vakillari ko‘rinmadi sudda. O‘zi ekspluatatsiya qiladigan zapravka quvurini shu shirkat nazorat qilib turishi kerak edi. Qolaversa¸ gaz quyish shoxobchasiga yer ostidan polietilen gaz quvurlarini o‘tkazish ishlarini olib borishda qatnashgan qurilish shirkatlarining vakillari ham sudda ko‘rinmadi. Tergov xulosasida quvur yotqizishda xavfsizlik qoidalari buzilgani aniqlangan, shuni qurganlar ham ayblovdan chetda qolmoqda, - deydi Tashanov.

Surum fojiasi bo‘yicha sud 15 iyun kuni davom etadi. Unda ayblanuvchi tomon ko‘rsatmalarining tinglanishi kutilyapti.

XS
SM
MD
LG