Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:23

“Qishloq ahli bomba ustida o‘tirganday”


Farg‘ona viloyat, Buvayda tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan iqtisodchi Nabijon Mamajonovning aytishicha, Dehqonobod qishlog‘idagi yuzdan ortiq tadbirkor ishlab chiqarishni o‘z uyida yo‘lga qo‘yishga majbur bo‘lgani sababli, o‘zlarining oilasiga ham, qishloq ahliga ham xavf tug‘dirmoqda:

“Dehqonobod qishlog‘ida tadbirkorlik shunchalik rivojlanki, bu yerda o‘rtahol yoki kambag‘al oila qolmagan. O‘n yil avval xorijda mardikorlik qilib yurgan yigitlar, endi uylarida bo‘yoq, mebel ishlab chiqarmoqda, payvandchilar temirdan turli xil asboblar, darvoza, eshiklar yasamoqda. Har bittasining uyida 1-2 tadan moshinasi bor. Lekin qishloq ekologiyasi buzildi, uydagi bolalar va xotin-qizlar hayoti doim xavf ostida bo‘lib qoldi. Tuman hokimidan bu yigitlar tadbirkorligini bir xavfsiz joyga ko‘chirishi uchun yer so‘rab murojaat qildik, lekin 50 kilometr uzoq joyni ko‘rsatishdi. Shu qishloq yaqinidan yer berishsa bo‘ladiku”.

“Қишлоқ аҳли бомба устида ўтиргандай”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:17 0:00
Бевосита линк


-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG