Линклар

Шошилинч хабар
12 июл 2020, Тошкент вақти: 21:04

WhatsApp pul yuborish va qabul qilish xizmatini yo‘lga qo‘ydi


WhatsApp messenjeri Hindistonda o‘tkazilgan sinov fazasi ortidan Braziliyada to‘lov xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu xizmat boshqa davlatlarda qachon yo‘lga qo‘yilishi hozircha noma’lum.

Endilikda Braziliyadagi foydalanuvchilar Facebook Pay xizmati orqali pul jo‘natishi yoki olishi mumkin. WhatsAppga egalik quluvchi Facebook shirkati Facebook Pay xizmatining qadamma-qadam joriy qilinishini aytib keladi.

WhatsApp orqali pul yuborish va olish individual foydalanuvchilar uchun bepul. Bizneslar esa 3,99 foiz komissiya to‘lashi kerak.

Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchilar o‘z kartalarini WhatsApp hisoblariga ulashlari lozim. Tranzaksiyalar foydalanuvchi barmoqlari izi sensori yoki 6 raqamli PIN kod bilan himoyalanadi.

Xizmat foydalanuvchilar tomonidan qanday kutib olinishi hozircha noma’lum.

WhatsApp ayni damda jahon bo‘ylab 2 milliard foydalanuvchiga ega. Braziliya deyarli har bir fuqarosi WhatsAppdan foydalanuvchi davlatlar safiga kiradi.

Rasmiy WhatsApp blogida Braziliya bo‘ylab to‘lov xizmatidan 15 iyundan boshlab foydalanish mumkin bo‘lishi e’lon qilindi.

Bu orada WhatsApp jamoasi ilovadan bir paytda bir necha moslamada foydalanish funksiyasini joriy qilish ustida ishlamoqda. Masalan, foydalanuvchilar ilovaga bir paytning o‘zida ham smartfondan, ham planshet​ kompyuterdan kirishni istaydilar.

WABetaInfo nashrining xabar qilishicha, bunday funksiya deyarli tayyor va yaqinda sinovdan o‘tkaziladi.

Ayni damda WhatsAppdan faqat bir moslamada foydalanish mumkin. Ilovaning desktop versiyasi esa faqat «ko‘zgu» bo‘lib, undan foydalanayotganda telefon yoki planshetdagi asosiy ilova Internetga ulanib turishi lozim.

Xabarlarga ko‘ra, WhatsApp dasturchilari boshqa yangi funksiyalar, jumladan, sana bo‘ylab material izlash hamda xotira va saqlash uchun yangi funksiyalarni joriy qilish ustida ishlamoqda.

XS
SM
MD
LG