Линклар

Шошилинч хабар
13 июл 2020, Тошкент вақти: 23:56

Qanotlari singan MIB, jozibasi kuchli Toshkent va 100 000 dollarli 1 ga yer haqida


100 ming dollarli 1 gektar yer to‘g‘risida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida xabar berildi.

Mana o‘sha xabar:

Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining hokim o‘rinbosari 17 iyun kuni pora bilan qo‘lga olindi.

Bu haqdagi xabarda bildirilishicha, hokim o‘rinbosari 10 gektar bo‘sh yer maydonini tadbirkorga 60 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Hokim o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Mazkur amaliyot DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, avvalroq hokim o‘rinbosari bilan jinoiy aloqada bo‘lgan shaxs ham 1 gektar unumdor yer maydonini 100 ming dollarga sotayotganda qo‘lga tushgan.

Xabarda hokim o‘rinbosarining kimligi, qaysi tumandan ekani to‘g‘risida ma’lumotlar berilmadi.

“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”,-deyiladi xabarda.

10 gektar yer 60 ming dollarga, ayniqsa, 1 gektar yer 100 ming dollarga o‘ta qimmat emasmi? O‘zi O‘zbekistonda 1 gektar unumdor yerdan bir yilda necha pullik hosil olish mumkin?

Kunning shu boshqa savollarini taniqli tadbirkor Rustam Usmonovga berdik.

Қанотлари синган МИБ, жозибаси кучли Тошкент ва 100 000 долларли 1 га ер ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:37 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG