Линклар

Шошилинч хабар
21 октябр 2020, Тошкент вақти: 03:59

Ramzan Qodirov Gruziyaga killer jo‘natdimi?


Georgiy Gabuniya 2019 yilda jonli efirda Rossiya prezidentini haqorat qilgani ortidan Qodirov uni “mening dushmanim” deb atagan edi.

Gruziya matbuotiga ko‘ra, 12 iyun kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yollagan "killer" qo‘lga olingan.

Ingushetiyalik 38 yoshli Vasambek Bokov Putinni haqoratlagan gruzin jurnalisti Georgiy Gabuniyani o‘ldirishi kerak bo‘lgani aytilmoqda.

Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati ham 12 iyun sanasida V.B. ismli Rossiya fuqarosi qo‘lga olingani haqida bayonot bergan.

Bayonotda keltirilishicha, “operatsiya buyurtma asosida qotillikni amalga oshirish bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazilgan”. Biroq gumon qilinayotgan shaxs “soxta hujjatdan foydalanganlik” aybi bilan hibsga olingan.

Xavfsizlik xizmatining 15 iyun kuni e’lon qilingan maxsus bayonotida qotillik aynan kimga qarshi rejalangani ko‘rsatilmagan.

Ramzan Qodirov bu ish ortida turgani haqidagi ayblovlarni inkor etgan.

“Ishoning, agar mening buyrug‘im bilan kimdir biror ishni qilishi kerak bo‘lsa, albatta bajargan bo‘lar edi. Agar buni maxfiy amalga oshirish zarur bo‘lsa, sizning qoloq mamlakatingizga aslo oshkor bo‘lmaydi”, - deb yozdi Qodirov o‘zining Telegramdagi kanalida.

Georgiy Gabuniya 2019 yilda jonli efirda Rossiya prezidentini haqorat qilgani ortidan Qodirov uni “mening dushmanim” deb atagan edi. Checheniston rahbari o‘z fikridan qaytmaganini ma’lum qildi.

“U bizning davlatimizni, xalqimizni haqorat qildi. Demak, shaxsan meni haqorat qildi. Georgiy Gabuniya tiz cho‘kib kechirim so‘rashi kerak. U bir kishini emas, butun rossiyaliklarni izza qildi. Gruziya hukumatidan o‘z fuqarosini qayta tarbiyalash bo‘yicha chora ko‘rishini talab qilaman. Gabuniyaga to‘g‘ri xulosa chiqarib, aqlini yig‘ib olishni tavsiya qilaman. Aks holda, takror aytaman, u mening dushmanimligicha qoladi”, deb yozdi Qodirov.

Gabuniya 2019 yilning iyulida “Rustavi-2” kanalida Putinni haqoratlagani ortidan ikki oy muddatga ishdan chetlatilgan edi.

XS
SM
MD
LG