Линклар

Шошилинч хабар
14 июл 2020, Тошкент вақти: 01:32

Bozorda pichoqlangan ayolning "Tez yordam" kechikkani uchun o‘lgani aytilmoqda (VIDEO)


Namanganning Sardoba bozorida ayol pichoqlab ketilgan, guvohlar "Tez yordam" vaqtida kelmaganini aytishadi.

Namangan shahridagi "Sardoba" bozorida pichoqlab ketilgan ayolning qonga belanib yotgani aks etgan video 23 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Videoda jasad ustida o‘tirgan yana bir ayol "Tez yordam" kelmadi", deb yig‘laydi.

18 iyun kuni bo‘lgan ushbu voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlarning Ozodlikka aytishicha, Sardoba bozoridagi gazeta do‘konida ishlovchi ayolni sobiq eri pichoqlagan.

Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining Ozodlik suhbatlashgan shifokorlari "Sardoba" bozoridan qilingan chaqiriq bo‘yicha vaqtida "Tez yordam" jo‘natilgani, ammo ayol pichoqlangan paytda ko‘p qon yo‘qotgani sabab tibbiy yordam kelgunicha joni uzilganini aytdi.

Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiysi Ozodlikka "Sardoba" bozoridagi voqea bo‘yicha shahar prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-moddasida ko‘zda tutilgan "qasddan odam o‘ldirish" jinoyati bo‘yicha tergov olib borayotgani, qotillikda gumonlanayotgan 41 yoshli erkak hibsga olinganini bildirdi.

Сардоба бозоридаги қотиллик. Гувоҳлар пичоқланган аёлга вақтида тез ёрдам кўрсатилмаганини айтишмоқда.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:41 0:00

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Namanganning "Sardoba" bozorida pichoqlangan ayol atrofida to‘planganlar vaqtida "Tez yordam" yetib kelmagani iddao qiladi.

Yana bir videoda qonga belangan jasad ustida o‘tirgan ayol "Tez yordam "kelmadi", deb yig‘laydi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, "Sardoba" bozoridagi gazeta do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydigan ayolni sobiq eri pichoqlagan.

- Bu voqea 18 iyun kuni peshin payti bo‘ldi. O‘sha ayol ishlaydigan gazeta do‘konining oldida bo‘ldi. Eri pul so‘rab kelgan, bermagan. Jahl ustida haligi erkak ayolning orqasi o‘ng tomoniga pichoq urib qochgan. Bir soat qonga belanib yotdi ayol, "Tez yordam" kelmadi. Kelganida o‘lib bo‘lgan edi, - dedi guvohlardan biri.

"Сардоба" бозорида пичоқланган аёл тез ёрдам келмасидан ўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:20 0:00

Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali shifokorlari ayolga vaqtida tibbiy yordam yetib bormagani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Ismi ochiqlanmasligini istagan namanganlik shifokor "Sardoba" bozoridagi qotillik bo‘yicha 18 iyun kuni soat 13:30 da chaqiriq bo‘lgani, vaqtida "Tez yordam" jo‘natilganini aytdi.

- Bozorlarda baxtsiz hodisa ro‘y bersa¸ begona odamlar "Tez yordam" chaqiradi. Ular aniq joyni ko‘rsatmaydilar. Natijada bemor topilguncha ancha vaqt yo‘qotiladi. "Sardoba" bozoridagi holatda o‘sha kuni soat bir yarimda chaqiriq bo‘yicha vaqtida "Tez yordam" jo‘natildi, ammo ayol pichoqlangan paytda ko‘p qon yo‘qotgani sabab shifokorlarimiz uning hayotini saqlab qololmadi, - dedi Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali vrachlaridan biri.

Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiysi Ozodlikka Sardoba bozoridagi voqea bo‘yicha shahar prokuraturasi tergov olib borayotganini aytdi.

- Jinoyat Kodeksining 97-moddasi, 1-bandi bo‘yicha ish ochilgan. Pichoqlangan ayol bilan shar’iy nikoh orqali turmush qurgan 41 yoshli erkak qotillikda gumonlanib, hibsga olindi, - dedi Ozodlik suhbatlashgan IIB xodimi.

IIB mulozimi tergov davomida "Tez yordam"ning vaqtida kelmagani haqidagi farazlar ham o‘rganilishini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonda "Tez yordam" vaqtida kelmagani sabab bemorlarning hayotdan ko‘z yumishi uchrab turadi.

O‘tgan oy Andijonda noma’lum shaxs ning velosipeddan yiqilib, hushsiz yotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

O‘shanda tarmoqda videoni tarqatganlar yigit "Tez yordam" vaqtida kelmagani sabab hayotdan ko‘z yumganini iddao qilib chiqishdi.

18 iyun kuni o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva so‘nggi ikki yilda "Tez tibbiy yordam" mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz berganini bildirdi.

Ayni paytda Norboyeva¸ bu holatlar bo‘yicha kimlardir javobgarlikka tortilgan-tortilmagani haqida ma’lumot bermadi.

XS
SM
MD
LG