Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:27

Prezident Mirziyoyev Rossiyadagi munozarali referendumni qo‘llab-quvvatladi


Mirziyoyev referendum o‘tkaziladigan 1 iyulni "Yangi Rossiyaning yangi kuni", deb atadi.
Mirziyoyev referendum o‘tkaziladigan 1 iyulni "Yangi Rossiyaning yangi kuni", deb atadi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 24 iyunda o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun 23 iyunda Moskvaga borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Kremlda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida 1 iyunda o‘tadigan referendumni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mirziyoyev: "Bu ishni allaqachon qilish kerak edi"

“1 iyul yangi Rossiya uchun tarixiy kundir va Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritiladi. Mening fikrimcha, odamlar buni to‘g‘ri tushunmoqda. Biz hozir ko‘rib turgan va gapirayotgan ishlarni allaqachon qilish kerak edi. Hozir buning vaqti keldi. Bu o‘zgartishlar Rossiya xalqiga xizmat qiladigan o‘zgartishlar bo‘ladi, deb o‘ylayman. Shuning uchun yangi Rossiya uchun bu yangi kun muvaffaqiyatli o‘tishini xohlayman”,- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rossiya Konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartishlar Vladimir Putinga 2036 yilgacha hokimiyat tepasida qolish imkonini beradi.

Dastlab referendum 22 aprelga belgilangan edi. Biroq koronavirus tahdidi tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oyi oxirida ovoz berish sanasi ko‘chirilishi haqida e’lon qilgandi. Rossiya muxolifati mazkur referendumga keskin qarshi chiqmoqda.

Putin: Bu o‘ziga xos ittifoqchilik munosabatlarimizning yaqqol namoyishi

Uchrashuv paytida Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Buyuk G‘alabaga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirdi”.

Vladimir Putin O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari tarixida ilk bor 24 iyun kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etishi haqida so‘zlar ekan: “Bu o‘ziga xos ittifoqchilik munosabatlarimizning yaqqol namoyishi”, - deb aytdi.

Mirziyoev esa, o‘z navbatida, Vladimir Putin va butun Rossiya xalqini tabrikladi va: “Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy g‘alabamiz”, - dedi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi G‘alaba bog‘ining Yodgorlik majmuasi fondini boyitish, shuningdek, O‘zbekiston xalqining G‘alabaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida yanada haqqoniy statistik ma’lumotlarni olish maqsadida arxiv materiallarini taqdim etishga tayyorlik namoyish etgani uchun Rossiya tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 9 may kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan G‘alaba paradi 24 iyunga qoldirilgan edi.

Moskvada bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda O‘zbekiston prezidentidan tashqari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Serbiya, Tojikiston prezidentlari, shuningdek, o‘zini Gruziyadan mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya prezidentlari ishtirok etadi.

Armaniston, Ozarbayjon va Turkmaniston prezidentlari o‘z mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, Moskvadagi tadbirlarda qatnashmasligini bildirgan.

Prezidentlar yana nimalarni gaplashdi?

Prezident Mirziyoyev uchrashuvda Rossiya bilan aloqalar rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Unga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2019 yilda 6,6 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning ilk oylarida o‘zaro savdo hajmi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etdi.

Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 10 milliard dollardan oshgan.

Mirziyoyev so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining 10 ta filiali ochilganini, Rossiyaning yana 4 ta universiteti filiallarini ochish rejalashtirilganini ta’kidladi.

“Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini, shu jumladan MDH va ShHTning navbatdagi sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida anglashib oldilar. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putinning uchrashuvi yakuniga yetdi”,- deb yozdi prezident matbuot xizmati.

XS
SM
MD
LG