Линклар

Шошилинч хабар
15 август 2020, Тошкент вақти: 04:16

Turkman shifokorlari: Koronavirus nazoratdan chiqib ketyapti


Deyarli butun dunyo karantinda o‘tirgan payti Turkmanistonda bayramlar cheklovsiz nishonlanmoqda. Surat Bolalarni himoya qilish kuni olingan. 2020 yil, 1 iyun.

Turkmaniston rasmiylari koronavirus epidemiyasi boshlanganini sir tutishga kurashar ekan, mamlakatda virusga chalinganlar soni tez suratda oshib bormoqda. Bu haqda Ozodlikka turkmanistonlik shifokorlar ma’lum qildi.


Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan so‘zlagan sog‘liqni saqlash rasmiylarining aytishicha, o‘tgan haftada poytaxt Ashxobod chetida joylashgan Chog‘anli yuqumli kasalliklar shifoxonasining ikki xodimi nobud bo‘lgan. Ozodlik radiosining turkman xizmati muxbiri bilan suhbatda rasmiylar shifokorlar virusni shifoxonada yuqtirib olganini aytishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, virusga chalingan shifokorlar 15 va 16 iyun kunlari qazo qilgan.

Turkmaniston Shimoliy Koreya va Tinch okeanidagi sanoqli mamlakat qatorida o‘z hududida birorta ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini iddao qilib keladi. Mamlakatda aholiga koronavirus haqida gapirish, vrachlarga esa xastalikni diagnostika qilish taqiqlangan.

Ozodlik bilan suhbatlashgan shifokorlar Turkmanistonda epidemiya «nazoratdan chiqib ketayotganini», har biк viloyatda koronavirusga chalinish holatlari kuzatilayotganini aytishdi.

Lebap viloyati sog‘liqni saqlash rasmiysi 18-19 iyun kunlari bir necha odam COVID-19 simptomlari bilan shifoxonaga yotqizilganini aytdi.

- Ularning barchasida koronavirus aniqlandi. Saflarida mahalliy shifokor ham bor, - dedi manba.

Lebapdagi boshqa bir manba 8 iyun kuni hamshirada koronavirus aniqlanishi ortidan u ishlagan shifoxona karantinga olinganini aytdi.

- Shifoxona ishchilari [koronavirusga] muntazam ravishda test topshirishga majbur, ammo rasmiylar test natijalarini ularga aytishmayapti, - dedi Ozodlik manbasi.

Bu gaplarni mustaqil ravishda tasdiqlashning iloji bo‘lmadi.
Turkmanistonda ishonchli ma’lumot to‘plash juda mushkul, chunki mamlakatda mustaqil matbuot va ma’lumot erkinligi mavjud emas.

18 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vaziriligi rasmiysi Ozodlikka:

- Rasman, bizda koronavirusga chalinish holatlari yo‘q. Bundan boshqa ma’lumot bera olmaymiz, - deyish bilan cheklandi.

Qarorgohi Yevropada bo‘lgan Turkmen.news nashri yaqinda Ashxoboddagi 9-sonli poliklinikada bir necha shaxs, jumladan, shifokorlar va hamshiralarda koronavirus aniqlanganini xabar qildi. Bu xabarni mustaqil tasdiqlab bo‘lmadi.

19 iyun kuni Ozodlik muxbiri poytaxtda bir necha tibbiy muassasa karantinga olinganini xabar qildi.

Dashoguz viloyatining Saparmurat turkmanboshi tumanidagi Ozodlik muxbiriga sog‘liqni saqlash rasmiylari sakkiz nafar bemor koronavirus tufayli nobud bo‘lganini ma’lum qilishdi.

Mari viloyatida esa barcha davlat ishchilariga tibbiy ko‘rikdan o‘tish buyurilgan. Bunga rasmiy izoh berilmagan, ishchilar testlar uchun o‘z hamyonlaridan to‘lashlari kerakligi aytilgan.

Mari viloyatida va Turkmanistonning boshqa hududlarida keyingi paytda individual himoya vositalarini kiyib olgan tibbiyot xodimlarini tez-tez uchratish mumkin.

Bayramali shahridagi Ozodlik muxbiri mahalliy shifokorlarga tayangan holda shifoxona ishchilariga 45 dollarga individual himoya vositalarini xarid qilish buyurilgani xabar qildi. Bu summa Turkmanistondagi o‘rtacha oylik maoshning 10 foiziga tengdir.

Chog‘anli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining aytishicha, ilk koronavirus holatlari fevral oyining yakunida qayd etilgan. O‘shanda shifoxona xodimlari ikki nafar bemor haqida Ozodlikka so‘zlab bergan edi.

Mart oyida Turkmaniston hukumati mamlakat chegaralarini yopdi, noma’lum nafas olish yo‘li kasalligi haqida broshyura tarqatdi, avtobus bekatlari hamda ayrim imoratlarni dezinfeksiya qila boshladi.

Ammo 3 aprelgacha «koronavirus» so‘zi tilga olinmadi. O‘sha kuni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bu so‘zni ilk marotaba omma oldida tilga oldi.
Nutqi davomida prezident koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalayotganini, bu holat Turkmaniston iqtisodida salbiy ko‘rsatishini aytdi.

Hukumat hanuz ko‘p odam ishtirokida ommaviy tadbirlarni va bayramlarni o‘tkazmoqda. Xususan, 26 aprel kuni Turkamni oti kuni, 1 iyun kuni Bolalar kuni nishonlandi.

XS
SM
MD
LG