Линклар

Шошилинч хабар
20 октябр 2020, Тошкент вақти: 02:51

Latviyada Rossiyaning targ‘ibotchi RT teletarmog‘i faoliyati taqiqlandi


RT teletarmog‘i faoliyatining Latviyada taqiqlanishiga Dmitriy Kiselyovga (suratda) nisbatan e’lon qilingan xalqaro sanksiyalar turtki bo‘ldi.

Latviya rasmiylari mamlakat hududida Rossiyaning RT teletarmog‘i faoliyatini man etdi. Bunga Rossiya hukumatiga tegishli RT teletarmog‘i direktori Dmitriy Kiselyovga nisbatan e’lon qilingan xalqaro sanksiyalar turtki bo‘ldi.

Latviyaning Milliy elektron media kengashi (NEPLP) RTning ingliz, ispan va arab tillarida efirga uzatiluvchi asosiy kanallari, RT Documentary telekanali hamda dasturlarning yuqori sifatli (HD) versiyalarini efirga uzatuvchi kanalni taqiqladi.

30 iyun kuni NEPLP raisi Ivars Abolinsh:

- Bu telekanallar ularni Dmitriy Kiselyov boshqarayotgani uchun man etildi. Kiselyov Ukraina demokratiyasi hamda hududiy birligini buzishga qaratilgan davomli chaqiriqlari uchun Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan, — dedi.

Shuningdek, NEPLP RT teletarmog‘ini o‘z dasturlari davomida sobiq sovet respublikasi Latviyani muvaffaqiyatsiz davlat o‘laroq tasvirlashda aybladi.

O‘tgan yilda NEPLP boshqa 10 rus telekanalini, jumladan, «Rossiya-1» (RTR) telekanalini «sistematik nafrat hamda Ukrainaga qarshi urush olib borishni targ‘ib qilgani, shu jumladan, Ukraina fuqarolarini o‘ldirishga qaratilgan oshkora chaqiriqlari» uchun man etgan edi.

NEPLP e’lon qilgan bildiruvga ko‘ra, qaror joriy haftada kuchga kiradi.

30 iyun kuni G‘arbga qarshi chiqishlari bilan tanilgan Kiselyov hech qachon avvalgi nomi Russia Today bo‘lgan RT teletarmog‘ini boshqarmaganini ta’kidlab, Latviyani uzr so‘rashga va o‘z qarorini bekor qilishga chaqirdi.

Kiselyov Rossiya tomonidan Ukrainaning Qrim mintaqasi anneksiya qilib olinishini qo‘llab, Kreml propagandasini tarqatgani uchun Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan.

Kiselyov xabar tarqatish va Rossiyaning xorijdagi propagandasi bilan shug‘ullanuvchi «Rossiya segodnya» mediaguruhining yetakchisidir.

Guruh tarkibiga RT telekanalidan tashqari radiokanallar, vebsaytlar, Sputnik va Prime xabar agentliklari hamda Inosmi.ru media loyihasi kiradi.

«Rossiya segodnya» Rossiya hukumati moliyalashtiradigan 10 media guruhning biridir.

2018 – 2020 yillar orasida guruh Rossiya hukumatidan 20,4 milliard dollar mablag‘ olgan.

XS
SM
MD
LG