Линклар

Шошилинч хабар
22 октябр 2020, Тошкент вақти: 12:06

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyaning Suriyaga insonparvarlik yordami yetkazish yo‘llarini qisqartirish taklifini rad etdi


Turkiya-Suriya chegarasidagi «Bob Al-Salom» nazorat-o‘tkazish punkti

8 iyul kuni Birlashgan millatlar tashkilotining Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Suriya shimoli-g‘arbida isyonchilar boshqaruvida bo‘lgan hududlarga gumanitar yordam yuborish yo‘llari sonini qisqartirib, faqat bitta yo‘l qoldirishni ko‘zlovchi rezolyutsiyasini rad etdi.

Bundan bir kun oldin Rossiya va Xitoy Suriya shimoliga Turkiyadan ikki chegara punkti orqali insonparvarlik yordamini yetkazib turishni yana bir yilga uzaytirish ko‘zda tutilgan rezolyutsiyaga qarshi chiqqan edi.

Buning ortidan Suriya hukumatini qo‘llab kelayotgan Rossiya faqat bitta koridor qoldirish taklif qilingan rezolyutsiyani o‘rtaga tashladi.

Endilikda ikki koridor orqali gumanitar yordam yuborishni olti oyga uzaytiruvchi yangi rezolyutsiya ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Suriya shimoliga gumanitar yordam yuborishga dlir amaldagi rezolyutsiya 10 iyul kuni o‘z kuchini yo‘qotadi.

Rossiya taklif qilgan rezolyutsiya qabul qilinishi uchun kengashning 15 a’zosidan kamida 9 tasi uni qo‘llab ovoz berishi kerak edi. Uni faqat to‘rt davlat – Rossiya, Xitoy, Vyetnam hamda Janubiy Afrika qo‘lladi.

Yetti davlat, xususan, AQSh, Britaniya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Estoniya hamda Dominikan Respublikasi Rossiya rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Qolgan to‘rt davlat esa ovoz berishdan bosh tortdi.

7 iyul kuni Rossiya va Xitoy veto qo‘ygan rezolyutsiya Turkiya-Suriya chegarasidagi ikki punktni yana bir yilga ochiq qoldirishni ko‘zlagan edi.

BMT bosh kotibining insonparvarlik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok ushbu ikki chegara punkti millionlab odam uchun o‘ta muhim ekanligini, ularsiz BMT aholiga gumanitar yordam eltib bera olmasligini aytib keladi.

2014 yildan beri Suriyaga insonparvarlik yordami qo‘shni mamlakatlardan Damashq aralashuvisiz yetkazib berilmoqda.

Ayni damda gumanitar yordam Halabga yetaklovchi «Bob Al-Salom» hamda Idlibga yetaklovchi «Bob Al-Havo» chegara punktlari orqali eltib berilmoqda.

Rossiya o‘z rezolyutsiyasi bilan «Bob Al-Salom» chegara punktini yopishni hamda ikkinchisi faoliyatini atigi olti oyga cheklashni ko‘zlagan edi.

Rossiya rezolyutsiyasida, shuningdek, yordam eltib berish jarayonini Suriya hukumati nazoratiga o‘tkazib berish taklif qilingan edi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, «Bob Al-Salom» orqali Halabdagi 3-4 million odamga insonparvarlik yordami yetib boradi.

XS
SM
MD
LG