Линклар

Шошилинч хабар
15 август 2020, Тошкент вақти: 07:06

"O‘rtasaroy" zonasida qariyb bir oydan beri karantinda ushlab turilganlar to‘polon ko‘tardi (VIDEO)


"O‘rtasaroy" karantin hududining 15-blokidagi norozilik¸ bevosita voqea joyidan Ozodlikka yuborilgan surat va videolardan ko‘rilishicha¸ 9 iyul kuni ham davom etgan.

Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan "O‘rtasaroy" karantin zonasida 8-9 iyul kunlari to‘polon yuzaga chiqdi.

Ozodlikka kelgan videolardan birida¸ 8 iyul kuni karantinga olinganlarning temir darvozani ochishga urinayotgani¸konteynerlar tomiga chiqib baqirayotgani eshitiladi.

9 iyul kungi videolarda esa¸ yana darvoza oldida to‘plangan o‘nlab odamning zona mas’ullaridan o‘zlarini chiqarib yuborishni talab qilgani ko‘riladi.

Ozodlik bilan suhbatda karantin hududida saqlanayotganlar oralarida 30 kundan beri bu yerdan chiqarilmayotganlar borligini aytib¸ rasmiylar tomonidan aniq ma’lumot berilmayotgani to‘polonga sabab bo‘lganini bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov esa mazkur zonada koronavirusga chalinganlar aniqlanishi ortidan¸ ular bilan bir xonada saqlanganlarning karantin muddati uzaytirilayotgani “ayrim fuqarolarga yoqmayotgani” shunday norozilikka sabab bo‘lganini aytdi.

8 iyul kungi “ayollar qo‘zg‘oloni”

Ozodlikka kelgan birinchi videotasvir¸ uni yuborganlarning aytishicha¸ 8 iyul kuni "O‘rtasaroy" karantin hududida yozib olingan.

Videoda o‘zlarining bu zonaga 20 iyunda olib kelinganini aytgan ayrim ayollar¸ so‘nggi bir kunda hech qanday ovqat berilmagani¸ bolalari bilan och o‘tirganini aytadi.

Darvoza qulfligi¸ chaqirishsa ham hech kim javob bermasligini aytgan ayollardan yana biri “qachon chiqamiz bu yerdan¸ kim aniq aytadi bizga?” deb baqiradi.

"Ўртасарой" карантин мажмуасининг 15-блокида 8 июль куни чиққан тўполон.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00

Ayni 8 iyul kuni O‘rtasaroy karantin zonasidan olingan boshqa videoda esa¸ temir konteynerlar ustiga chiqqan o‘nga yaqin yigitning o‘zlarini bu yerdan chiqarishni so‘rayotgani aks etgan.

Ozodlik gaplashgan O‘rtasaroy karantin zonasida saqlanayotganlarga ko‘ra¸ ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan video 15-blokda sodir bo‘lgan.

Aytilishicha¸ to‘polonga odamlarning och o‘tirgani¸ yoki ovqatning yomonligi emas¸ balki karantin muddatining qachon tugashi mavhum qolayotgani sabab bo‘lgan.

Kecha¸ 8 iyul kuni karantinda 14 kundan ko‘proq saqlanganlarga javob berilishi kerak edi. Ko‘pchiligimiz bu yerga 20 iyunda kelganmiz¸ 18 kun bo‘ldi. Ketamiz deb tursak¸ yana javob berishmadi. “Tepadan shunaqa buyruq bor” deyishdi. Tushunishimizcha¸ chegaralarni ochmaslik uchun karantin zonasidagilarni uzoqroq ushlab turish aytilgan. Karantin zonasida joy yo‘q¸ deb o‘zbeklarni chegaradan kiritishmayapti. Aslida¸ 15-blokdagi konteynerlarning 30-40 foizi bo‘sh. Odamlar bizni ataylab ushlab o‘tiripti¸ deb toqati-toq bo‘ldi. Sog‘ kelgan odamlar bu yerda kasal yuqtirishi mumkinda! Och qolganimiz yo‘q¸ ovqatlari ham yomon emas. Lekin qachon chiqishimizni hech kim aniq aytmayapti. To‘polon hozir ham bo‘lyapti”¸ dedi 9 iyul kuni Toshkent vaqti bilan kechki soat 6 lardan keyin Ozodlikka bog‘langan karantindagilardan biri.

To‘polon boshqa bloklarga ham yoyildi

Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tumanidagi 55 gektar yerda qurilgan “O‘rtasaroy” karantin zonasi O‘zbekistondagi eng katta shunday zona. 24 ta blokdagi 3467 ta to‘rt kishilik konteynerdan iborat bu hududda¸ rasmiylarga ko‘ra¸ 20 mingdan oshiq odamni saqlash mumkin.

8 iyul kuni 15-blokda boshlangan to‘polon¸ guvohlarning Ozodlikka bildirishicha¸ 9 iyul kuni boshqa bloklar¸ xususan¸ 23-blokka ham ko‘chgan.

"Ўртасарой" карантин марказининг 23 ва 15-блокларида 9 июль куни кузатилган кескинлик.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:44 0:00

Ozodlikka 9 iyul kuni "O‘rtasaroy" karantin zonasining 23-blokidan yuborilgan yangi videolarda kirib-chiqishning yagona yo‘li bo‘lgan katta temir darvoza oldida yana o‘nlab odamning qo‘yib yuborilish talabi bilan to‘plangani aks etadi.

Kecha ko‘pchilik uchun karantin muddati tugab¸ uyiga chiqishi kerak edi. Ertalabdan belyolarni yig‘ishtirib olishdi. Videolarga yaxshilab qarasangiz¸ belyolarning tugun qilib qo‘yilganini ko‘rasiz. Lekin chiqarishga kelganda¸ faqat 270 odamga ruxsat berib¸ qolganlarga nima bo‘lishi noma’lumligini aytishdi. Bu yerda kamida 1000 ta odam bor hozir. Kecha chemodan ustida¸ choyshabsiz matras ustida uxladik. Bugun ertalabdan odamlar to‘planib medpersonaldan uyga ketishga ruxsat so‘ray boshladi. Lekin ular “Bizga ro‘yxat kelishi kerak¸ oxirgi analizlar natijasi hali kelmagan¸ qachon kelishiniyam bilmaymiz”¸ deyishdi. Bu yerda 30¸ hatto 33 kundan beri saqlanayotganlar bor. Ba’zilar bolasi bilan¸ ba’zilarning uyida yosh bolasi qolgan”.

Ozodlik gaplashgan karantindagilarga ko‘ra¸ birgina 23-blokda 9 iyul kunga kelib yana 35 odamda infeksiya borligi tasdiqlangan va ularning davolanish uchun Virusologiya institutiga olib ketilishi aytilgan.

Bu esa¸ yana 14 kunga qoldik¸ degani bo‘lishi mumkin. Karantin zonasidagi umumiy hayot¸ ayniqsa¸ tibbiy analizlarni tashkillashtirish¸ odamlarning fuqarolik haqlariga hurmat ko‘rsatish¸ reglament¸ joriy etilgan qoidalarga amal qilish mas’uliyati yo‘q hisobi. Olingan analizlarning aniq javobi qachon¸ qayerdan kelishini hech kim bilmaydi. Javob kelishi 5-7 kunga cho‘zilib ketyapti. COVID-19 uchun analiz olish bilan shug‘ullanayotgan tashkilot yo chiqqan natijalar yo‘qolganini aytadi¸ yoki ularni almashtirib yuboradi¸ qayta-qayta tekshiradi Keyin boshqatdan olamiz¸ boshqa joyda tekshiriladi¸ deydi. Qisqa qilib aytganda¸ O‘rtasaroy karantin zonasidagi ahvol borib turgan xaos!” deydi o‘zi 15 kundan beri ushbu hududda saqlanayotganlardan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi "O‘rtasaroy"dagi “to‘polon”ga munosabat bildirdi

"O‘rtasaroy" karantin hududida yuzaga chiqqan to‘polonga munosabat bildirgan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov¸to‘polon sababiga shunday izoh berdi.

Bitta xonada to‘rttadan odam saqlanayotgan bo‘lsa, ularning orasidan kimdadir kasallik chiqqan taqdirda u zudlik bilan boshqa joyga o‘tkazilmoqda. Tabiiyki, shu xonada yashagan qolgan uch kishining karantin muddati sal cho‘ziladi. Ulargayam kasallik yuqqan-yuqmaganiga ishonch hosil qilish uchun shunga majbur bo‘lyapmiz.

Ammo fuqarolarimiz shunga chiday olmayapti. Ularga karantin muddati cho‘zilayotgani yoqmayapti. Ayrimlar nega bizni boshqalardan ko‘proq ushlab turibsizlar deb to‘polon qilishyapti”¸ dedi 9 iyul kuni Kun.uz nashri gaplashgan vazir o‘rinbosari.

"O‘rtasaroy" majmuasining “epidemiologik noxush hududlardan olib kelingan shaxslar saqlanayotgan O‘zbekistondagi eng yaxshi karantin hududlaridan biri” ekanini ta’kidlagan Sobirov¸ mahalliy nashr bilan suhbatda bu yerdagilarga berilayotgan ovqatlarning “yaxshi va sifatli” ekani va hech kimning och qolmayotganini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG